O‘zbekiston | 09:16 / 28.11.2023
3080
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Xitoy strategik sheriklikni kengaytirish masalasini ko‘rib chiqmoqda

O‘zbekiston TIV rahbari va Xitoy elchisi ikki mamlakat o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlari kun tartibini kengaytirish masalalarini muhokama qildi.

Foto: TIV

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Xitoy elchisi Yuy Tszyunni qabul qildi.

«Bugun Xitoyning mamlakatimizdagi favqulodda va muxtor elchisi Yuy Tszyun janoblarini qabul qildik», - deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida. 

O‘zbekiston–Xitoy keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlari kun tartibini kengaytirish, oliy darajada avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, bo‘lajak muloqotlar muhokama markazida bo‘ldi.

21 noyabr kuni Pekinda O‘zbekiston va Xitoy Tashqi ishlar vazirliklari delegatsiyalari o‘rtasida birinchi strategik muloqoti bo‘lib o‘tdi. Delegatsiyalarga O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I rahbarlik qildi. 

O‘zbekiston delegatsiyasi, shuningdek, XXRning moliya-iqtisodiy markazlari – Guanchjou va Shanhayda samarali muzokaralar o‘tkazdi hamda ikki tomonlama biznes-forumlarda qatnashdi.

Mavzuga oid