Hindistonda tunnel qulashi: 17 kundan keyin barcha ishchilar qutqarildi
Hindiston shimolida qulagan tunnel vayronalari ostidan barcha ishchilar qutqarib olindi, deb xabar berdi rasmiylar. Ular 17 kun davomida yer ostida bo‘lgan.
Hindiston qutqaruvchilari mamlakat shimolidagi Uttarakxand shtatida qulagan yo‘l tunneli vayronalari ostida qolib ketgan 41 ishchini chiqarib oldi, deb xabar berdi mahalliy hukumat 28 noyabr, seshanba kuni. Qutqaruv operatsiyasi 17 kun davom etgan.
Shtat bosh vaziri Pushkar Singx Dxami X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi o‘z sahifasida qutqarilgan odamlarni hind rasmiylari kutib olgani aks etgan videoni joylashtirgan holda: «Sabr, mehnat va umid g‘alaba qozondi», deb yozdi.
Hindiston transport vaziri Nitin Gadkarining aytishicha, tunnel qulashi natijasida yerostida qolib ketgan barcha ishchilar «muvaffaqiyatli qutqarilganidan juda xursand». Uning so‘zlariga ko‘ra, bu so‘nggi yillardagi «eng muhim qutqaruv operatsiyalaridan biri bo‘ldi».
«Sizning jasoratingiz va sabr-toqatingiz barchaga ilhom baxsh etadi», dedi Hindiston bosh vaziri Narendra Modi qutqarilgan ishchilarga murojaat qilib.
Qutqaruvda yuzdan ortiq odam ishtirok etdi
12 noyabr kuni Uttarakxanddagi yo‘l tunneli qulab tushdi va uning ichida 41 ishchi qolib ketdi. U «Char-Dxam» transport loyihasi doirasida qurilgan bo‘lib, unga ko‘ra shtatda 825 km uzunlikdagi shosse ochilishi rejalashtirilgan.
Qutqaruv operatsiyasiga yuzdan ortiq odam jalb qilingan. Buning uchun qutqaruvchilar tomonidan qazilgan quduq orqali ishchilar bilan aloqa saqlab qolindi. U orqali ularga oziq-ovqat va dori-darmonlar yetkazildi.
Mavzuga oid
20:33 / 07.11.2024
Hindistonda uch kun ichida 10 ta fil nobud bo‘ldi
01:52 / 07.11.2024
Kashmir Hindistonni maxsus avtonomiya maqomini tiklashga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi
11:56 / 06.11.2024
Inson matonati: 22 yil davomida tog‘ni yo‘nib yo‘l ochgan odam
17:51 / 05.11.2024