Putin Rossiya ishlariga tashqi aralashuvga javob berish bilan tahdid qildi
Moskva har qanday tashqi aralashuvni tajovuz deb biladi va bunga munosabat bildiradi, dedi Rossiya prezidenti Butunjahon rus xalqi kengashida.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin G‘arb davlatlarini mamlakat ichida «millatlararo yoki mintaqalararo nizolarni» qo‘zg‘atishga bo‘lgan har qanday urinishlar Moskva tomonidan bosqinchilik harakati sifatida baholanishi va tegishli munosabat bildirilishi to‘g‘risida ogohlantirdi. Bu haqda u 28 noyabr, seshanba kuni Butunjahon rus xalqi kengashining yalpi majlisida video-aloqa orqali chiqishida ma’lum qildi.
«Biz har qanday chetdan aralashuvni, millatlararo yoki dinlararo nizolarni keltirib chiqarish maqsadida qilingan provokatsiyalarni mamlakatimizga qarshi tajovuzkor harakatlar, Rossiyaga yana bir bor terrorizm va ekstremizmni kurashish quroli sifatida tashlab qo‘yishga urinish sifatida qaraymiz va shunga muvofiq munosabat bildiramiz». dedi Rossiya prezidenti.
Putin «G‘arb hukmron elitasini» yana bir bor tanqid qilib, ularni «rusofobiya», «irqchilik» va «neonatsizm»da aybladi, uning fikricha, bu nafaqat ruslarga, balki «Rossiyaning barcha xalqlariga qarshi qaratilgan». Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb mamlakatlariga «Rossiya kabi yirik va ko‘p millatli davlat prinsipial jihatdan kerak emas» va ularning maqsadi, Putin ta’kidlaganidek, «Rossiyani parchalash va talon-toroj qilish». «Kuch bilan amalga oshmayotgan bo‘lsa - unda tartibsizlikni keltirib chiqarishingiz mumkin», dedi u.
Putin: Rossiyasiz barqaror dunyo tartibini yaratish mumkin emas
Rossiya prezidentining fikricha, G‘arb ta’siriga qarshi kurash Rossiya Federatsiyasi uchun milliy ozodlik xarakteriga ega. «Bizning suverenitet, adolat uchun kurashimiz hech qanday mubolag‘asiz milliy ozodlik xarakteriga ega, chunki xalqimizning xavfsizligi va farovonligini, Rossiya - kuchli, mustaqil, sivilizatsiya-davlati bo‘lishining eng oliy, tarixiy huquqini himoya qilamiz», dedi Putin.
Shu bilan birga, u Rossiya nafaqat o‘z, balki butun dunyo ozodligi uchun kurashayotganini bildirdi: «Men ta’kidlab o‘tmoqchiman: suveren, kuchli Rossiyasiz barqaror dunyo tartibini yaratish mumkin emas».
Mavzuga oid
21:50 / 17.11.2024
Berlinda Rossiya muxolifati tomonidan uyushtirilgan urushga qarshi marsh bo‘lib o‘tdi
14:56 / 17.11.2024
Ijrosini 11 yil kutgan “hukm”: 18 yoshli chechen qizni zo‘rlab o‘ldirgan rossiyalik zobit taqdiri haqida
22:10 / 16.11.2024
Abxaziyada to‘polon: mahalliy aholi Rossiya bilan kelishuvdan norozi
20:17 / 16.11.2024