O‘zbekiston | 00:21 / 30.11.2023
10341
2 daqiqa o‘qiladi

2024 yilda O‘zbekistonga Qozog‘iston orqali 1 mln tonna Rossiya nefti yetkazilishi mumkin

Foto: kaztransoil.kz

Qozog‘iston magistral neft haydash bo‘yicha milliy operatori «Qaztransoyl» 2024 yilda Rossiya neftini O‘zbekistonga tranzitini uch barobarga — 154 ming tonnadan 500 ming tonnagacha oshirmoqchi.

Bu haqda kompaniya transportirovka departamenti direktori Abay Beysembayevning so‘zlarini Interfax keltirmoqda.

O‘zbekistonning «Sanoat Energetika Guruhi» (SANEG) kompaniyasi «Qaztransoyl»ga 2024 yilda 500 ming tonna Rossiya neftini tranzit qilish va kelgusida tranzitni 1 mln tonnaga yetkazish imkoniyati bo‘yicha ariza bergan», — degan Abay Beysembayev. Shu sababli Qozog‘iston hududi orqali Rossiya neftini tranzit qilish hajmi 2024 yilda 500 ming tonnagacha oshirilishi ketilmoqda.

2023 yilda «Qaztransoyl» AJ magistral neft haydash quvurlari orqali Rossiya neftining O‘zbekistonga tranziti 154 ming tonnaga yetishi kutilmoqda. 2023 yilning yanvar-oktyabr oylarida «Qaztransoyl» AJ O‘zbekistonga 104 ming tonna Rossiya neftini haydab bergan.

2023 yilning II choragida haydalgan Rossiyadan Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga neft hajmi 37,9 ming tonna bo‘lgan, I chorakda esa 10,7 ming tonna. Bundan kelib chiqadiki, Rossiyadan O‘zbekistonga Qozog‘iston magistral quvurlari orqali yetkazilayotgan neft hajmi tobora o‘sib bormoqda.

«Qaztransoyl» magistral neft haydash quvurlari orqali Rossiya neftini O‘zbekistonga yetkazish 2017 yilda boshlangan. O‘shanda tranzit hajmi 67,9 ming tonnani tashkil etgan. 2018 yilda 36 ming tonna neft xarid qilingan. 2019–2022 yillarda Rossiya nefti Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga uzatilmagan.

Mavzuga oid