AQSh birinchi marta Rossiya harbiylariga nisbatan jinoyat ishini ochdi
Rossiyalik harbiylar Ukrainada amerikalikni qiynoqqa solganlikda ayblanmoqda.
AQSh Adliya vazirligi Ukrainada Amerika fuqarosini qiynoqqa solishda ishtirok etgan to‘rt nafar rossiyalik askarni harbiy jinoyatlarda aybladi. Bu haqda Washington Post yozdi.
Virjiniya federal sudida ochilgan ayblov xulosasida qiynoqlar, shafqatsiz muomala va noqonuniy hibsga olish holati qayd etilgan.
Adliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yil aprelida to‘rt nafar rossiyalik harbiy amerikalikni Xerson viloyatining Milovoye qishlog‘idagi uyidan o‘g‘irlab ketib, 10 kun davomida kaltaklagan va qiynoqqa solgan.
Ayblanuvchilar orasida Suren Mkrtchyan va Dmitriy Budnik, shuningdek, faqat ismi ko‘rsatilgan ikki harbiy xizmatchi – Valeriy va Nazar ham bor. Qayd qilinishicha, ular hozir erkinlikda va AQSh sudiga yetkazilishi ehtimoli katta emas.
6 dekabr kuni e’lon qilingan ayblov AQSh va Ukraina rasmiylari o‘rtasidagi kelishuv natijasi va xorijda Amerika fuqarolariga qarshi harbiy jinoyatlarini sodir etganlarni jinoiy javobgarlikka tortishga qaratilgan qonundan birinchi marta foydalanish, deb hisoblamoqda nashr.
Rossiya bu bayonotlarga izoh bermadi.
Mavzuga oid
21:50
Berlinda Rossiya muxolifati tomonidan uyushtirilgan urushga qarshi marsh bo‘lib o‘tdi
17:22
Tramp Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarini olib chiqqanlarni jazolamoqchi – OAV
16:28
Frontdagi vaziyat: Ukraina qurolli kuchlari mudofaasi ko‘plab uchastkalarda qulamoqda
14:56