Finlandiya 14 dekabr kuni Rossiya bilan chegarani ochishi mumkin
Finlandiya chegarachilari sharqiy chegaradagi nazorat-o‘tkazish punktlaridagi ayrim to‘siqlarni olib tashlashga hozirlik ko‘rmoqda. Shu bilan birga, Finlandiya rasmiylari agar muhojirlar oqimi qayta tiklansa, chegara yana yopilishi mumkinligini istisno qilmayapti.
Finlandiya Rossiya bilan chegarada nazorat-o‘tkazish punktlarini ochishga tayyorlanmoqda. To‘siqlar 14 dekabr kuni qisman olib tashlanadi, deb xabar berdi Finlandiyaning Yle nashri 5 dekabr kuni Finlandiya janubi-sharqiy chegara xizmati vakili Xeykki Axtiaynenga tayanib.
Uning so‘zlariga ko‘ra, to‘siqlarning bir qismi joyida qoladi, chunki Finlandiya nazorat-o‘tkazish punktini yana yopishga to‘g‘ri kelishi mumkinligi istisno qilinmayapti. «Agar chegaralar ochilsa, bu (uchinchi mamlakatlardan kelgan muhojirlarning katta oqimi) davom etadimi yoki yo‘qmi, shuni ko‘rishimiz kerak», dedi Axtiaynen. Uning ta’kidlashicha, Finlandiya chegara xizmati boshpana izlovchilarning yangi oqimi yuzaga kelsa, sharqiy chegaradagi cheklovlarni uzaytirishga tayyor.
Finlandiya prezidenti Rossiyani shantajda aybladi
Ayni paytda, Finlandiya prezidenti Sauli Niinistyo Rossiya hukumatini shantajda aybladi. U Finlandiya bilan chegarada sun’iy ravishda inqiroz yaratib, muhojirlarni nazorat-o‘tkazish punktiga kelishga majbur qilmoqda, dedi u 7 dekabr kuni qog‘ozda chop etiladigan Germaniyaning Die Zeit gazetasiga bergan intervyusida. U Rossiya yanglishayotganiga ishonch bildirdi, chunki Finlandiya ham, Yevropaning boshqa davlatlari ham bunday shantajga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini tushunadi.
Niinistyo, shuningdek, Rossiya 2015 yilda ham xuddi shunday urinishlar qilganini eslatib, Rossiya rasmiylarining bunday xatti-harakatlarini bostirish uchun qat’iy choralar ko‘rish zarurligiga ishonch bildirdi. «O‘ylaymanki, rossiyaliklar kuch ishlatish tilidan boshqa hech narsaga quloq solmasligi mumkin», — deya qo‘shimcha qildi u.
Finlandiya va Rossiya chegarasidagi inqiroz
Noyabr oyining oxirida Finlandiya Rossiya bilan chegarasidagi oxirgi nazorat punktini ikki haftaga yopdi va shu orqali Rossiya bilan quruqlikdagi chegarani butunlay yopdi. Faqat «Vaynikkala» temiryo‘l nazorat punkti ochiq qoldi.
Finlandiya rasmiylari bu qarorni Rossiya chegarasi orqali Yaqin Sharq va Afrikadan noqonuniy muhojirlar oqimi fonida qabul qildi. Helsinki Moskvani ushbu migratsiya inqirozini uyushtirganlikda gumon qilmoqda. Butun sharqiy chegarani yopish qarori «Finlandiya milliy xavfsizligini Rossiyaning gibrid operatsiyasidan himoya qilish uchun» qabul qilindi, dedi bosh vazir Petteri Orpo. Estoniya hukumati ham chegarani yopish imkoniyati o‘rganib chiqilayotganini e’lon qildi.
Mavzuga oid
14:56
Ijrosini 11 yil kutgan “hukm”: 18 yoshli chechen qizni zo‘rlab o‘ldirgan rossiyalik zobit taqdiri haqida
22:10 / 16.11.2024
Abxaziyada to‘polon: mahalliy aholi Rossiya bilan kelishuvdan norozi
20:17 / 16.11.2024
Sanksiyalar Rossiyaning yirik gaz loyihasini cho‘ktirib yubormoqda - OAV
18:18 / 16.11.2024