OTB O‘zbekistonga korxonalar va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish uchun 100 mln dollar ajratdi
Mablag‘lar, jumladan, korxonalarning iqtisodiy zarbalarga chidamliligini oshirishga yo‘naltiriladi.
6 dekabr kuni Osiyo taraqqiyot banki (OTB) O‘zbekistonda kichik va o‘rta korxonalarni qo‘llab-quvvatlash va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish uchun 100 million dollar miqdorida siyosat choralariga asoslangan qarz ajratilishini ma’qulladi.
Bankning Kichik va o‘rta korxonalarni rivojlantirish dasturi xususiy sektorni rivojlantirishga asoslangan iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish hamda kichik va o‘rta korxonalarning COVID-19 pandemiyasi oqibatida bo‘lgani kabi iqtisodiy zarbalarga chidamliligini oshirish uchun ularning faoliyat muhitini yaxshilashga qaratilgan. Bu dastur doirasidagi ikkinchi kichik dastur bo‘lib, birinchisi hukumat tomonidan amalga oshirilgan siyosat, tartibga solish va institutsional islohotlarga asoslanadi.
«Dastur OTBning O‘zbekistondagi kichik va o‘rta korxonalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizimli navbatdagi qadamidir. Mamlakat davlat iqtisodiyotidan oqilona umumiy makroiqtisodiy yondashuvga asoslangan bozor iqtisodiyotiga o‘tish bo‘yicha asosiy tarkibiy islohotlarni amalga oshirishni davom etar ekan, kichik va o‘rta korxonalar diversifikatsiyalangan iqtisodiy o‘sishni, samaradorlikni va qo‘shimcha qiymatga ega rasmiy bandlikni jadallashtirishda muhim rol o‘ynaydi», — dedi OTBning Markaziy va G‘arbiy Osiyo bo‘yicha bosh direktori Yevgeniy Jukov.
Dastur biznes yuritish xarajatlarini oshiradigan va ayollar biznesiga nomutanosib ta’sir ko‘rsatadigan tartibga solish va ma’muriy yuklarni yengillashtirishga yordam berishi ko‘zlangan. Bu eksport mahsulotlari va bozorlarni diversifikatsiya qilish, shuningdek, raqamlashtirish orqali samaradorlikni, kichik va o‘rta korxonalarning savdo raqobatbardoshligini oshirishga yordam beradi. Shuningdek, bozor talablariga javob beradigan ko‘nikmalarni, ayniqsa, ayollar va yoshlarning bunday ko‘nikmalarini ish bilan ta’minlanishi imkoniyatlarini oshirish uchun rivojlantirishga ko‘maklashadi.
O‘zbekiston OTBga 1995 yilda a’zo bo‘lgan. O‘shandan beri bank mamlakatga 10,8 mlrd dollari miqdorida qarz, grant va texnik ko‘mak taqdim etgan.
Mavzuga oid
08:08 / 07.11.2024
Monopoliyaga qarshi organ roziligisiz davlat ishtirokidagi korxona tashkil etilgan 4 ta holat aniqlandi
07:30 / 12.10.2024
Metroga yaqin korxonalar ish vaqti o‘zgarishi mumkin
21:15 / 08.10.2024
Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida yangi elektr tarmog‘i quriladi
09:30 / 20.09.2024