Boku shahrida O‘zbekiston savdo uyi ochildi
Mazkur tuzilma yil davomida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan qurilish, elektrotexnika, farmatsevtika, tekstil, charm-poyabzal va boshqa sohalarga mansub mahsulotlarni ko‘rgazma qilish hamda ularga xaridor topishda ko‘mak berish bilan shug‘ullanadi.
Boku shahrida O‘zbekiston Savdo uyini tantanali ochish marosimi bo‘lib o‘tdi.
"Dunyo" xabariga ko‘ra, savdo uyining ochilish marosimida Ozarboyjonning rasmiy, siyosiy va ishbilarmon doiralari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Tadbir ishtirokchilarining nutqlarida O‘zbekiston va Ozarboyjon o‘rtasidagi munosabatlarning jadal rivojlanib borayotgani ta’kidlandi. Ularga ko‘ra, mazkur jarayonning zaminida ikki mamlakatning yurtboshilari o‘rtasidagi yaqin birodarlik va qardoshlik rishtalari yotibdi.
O‘zbekiston Savdo uyi faoliyatiga to‘xtar ekan, ma’ruzachilar mazkur tuzilmaning barpo etilishida yangicha yondashuv va konsepsiya qo‘llanilganini olqishlab qabul qildi. Jumladan, mazkur tuzilma yil davomida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan qurilish, elektrotexnika, farmatsevtika, tekstil, charm-poyabzal va boshqa sohalarga mansub mahsulotlarni ko‘rgazma qilish hamda ularga xaridor topishda ko‘mak berish bilan shug‘ullanadi.
Mavzuga oid
11:27 / 07.11.2024
O‘zbekiston va Pokiston imtiyozli savdo bitimiga kiruvchi mahsulotlar bo‘yicha muzokara olib bormoqda
10:50 / 31.10.2024
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi top 10 davlatlar ma’lum qilindi
09:30 / 31.10.2024
RF transchegaraviy savdo bozoriga kirishni cheklamoqchi
08:20 / 23.10.2024