Navalniy endi jazoni o‘tash koloniyasi ro‘yxatida yo‘q, u bilan aloqa uzilgani aytildi
Rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniyning matbuot kotibi Kira Yarmish so‘zlariga ko‘ra, siyosatchi jazoni o‘tayotgan Melexovodagi axloq tuzatish koloniyasi ro‘yxatida yo‘q. U bilan aloqa 6 kundan beri uzilib qolgan.
«Melexovodagi IK-6 koloniyasi xodimlari advokatga Navalniy endi ularning ro‘yxatida yo‘qligini aytishdi. Uni qayerga o‘tkazishganini aytishdan bosh tortishmoqda», dedi Yarmish.
Avvalroq, Yarmish 6 kundan beri u bilan bog‘lana olmayotgani haqida xabar bergan edi.
«Aleksey Navalniy videoaloqa orqali sudda yana ishtirok etmadi. Koloniya xodimlari «7 dekabrdan beri elektr ta’minotini tuzata olmayapmiz», deyishdi. Ular shunchaki masxara qilishyapti. 6 kundan beri Alekseyning qayerdaligini va unga nima bo‘layotganini bilmaymiz».
Oldinroq, Yarmish Navalniy o‘tgan hafta o‘zini yomon his qilgani, boshi aylanib qolgani va unga tomchi ukol qilinganini aytgan edi. Shundan so‘ng siyosatchi bilan aloqa yo‘qoldi, u sud majlislarida ishtirok etmadi. Advokatlar ham uning qayerdaligini bilishmaydi.
Mavzuga oid
14:56
Ijrosini 11 yil kutgan “hukm”: 18 yoshli chechen qizni zo‘rlab o‘ldirgan rossiyalik zobit taqdiri haqida
22:10 / 16.11.2024
Abxaziyada to‘polon: mahalliy aholi Rossiya bilan kelishuvdan norozi
20:17 / 16.11.2024
Sanksiyalar Rossiyaning yirik gaz loyihasini cho‘ktirib yubormoqda - OAV
18:18 / 16.11.2024