Toshkentda avtobus yo‘lovchi tushishga ulgurmasdan yurib ketdi
Yo‘lovchi bosh qismidan jarohat olgan va qo‘li singan.
Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida avtobus yo‘lovchi tushishga ulgurmasdan harakatlanib ketdi. Bu haqda «Toshshahartransxizmat» AJ axborot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, 10 dekabr kuni soat 15:30 larda 5-avtobus saroyi filiali tasarrufidagi MAN rusumli, 50-sonli Yunusobod mavzesi 9 dahasi – Chingeldi mahallasi yo‘nalishida harakatlanayotgan avtobus Mirzo Ulug‘bek tumani, Qorasuv mavzesi, Mingbuloq ko‘chasi, «Universam» bekatida yo‘lovchilarni to‘liq tushirib-chiqarib bo‘lmasdan harakatlanishi oqibatida avtobusga hali chiqib ulgurmagan yo‘lovchi (T.M.) yiqilib tushgan va tan jarohati olgan.
Yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan joyga darhol tez-tibbiy yordam xodimlari chaqirilib, jabrlanuvchi RShTTYo markaziga olib borilgan va birinchi tez-tibbiy yordam ko‘rsatilib, tashxis qo‘yilgan. Tashxis natijalariga ko‘ra, yo‘lovchi yuz qismi peshonasidan yengil tan jarohati olgani hamda o‘ng qo‘li singani aniqlangan.
Hozirda ushbu yo‘l-transport hodisasi Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan rasmiylashtirilib, dastlabki tergov va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
19:38 / 18.09.2024
Toshkentda o‘ndan ortiq avtobus yo‘nalishi vaqtincha o‘zgaradi
20:48 / 10.09.2024
Toshkentda konduktor mast holda bo‘lgan shaxsni kuch ishlatib avtobusdan tushirib yubordi
11:05 / 08.09.2024
Samarqandda shaharlararo yo‘lovchi tashish avtobusida yaroqsiz go‘sht olib ketilayotgani aniqlandi
19:00 / 30.08.2024