Jahon | 09:42 / 18.12.2023
6845
2 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy Koreya ballistik raketa uchirdi

Qisqa masofali ballistik raketa 570 kilometr uchib o‘tib, Yapon dengiziga qulagan.

Foto: KCNA via REUTERS

17 dekabr, yakshanba kuni Janubiy Koreya Qurolli kuchlari shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi ma’lum qilishicha, KXDR Yapon dengizi tomon ballistik raketa uchirgan. Birlashgan qo‘mita eslatishicha, KXDR avvalroq 22 noyabr kuni ballistik raketani uchirishga uringan, biroq u muvaffaqiyatsiz bo‘lgan. 

Keyinroq Yaponiya Mudofaa vazirligi Shimoliy Koreya tomonidan uchirilgan raketa Yaponiya maxsus iqtisodiy zonasidan tashqariga tushganini aytdi. Yaponiyaning NHK telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, Pxenyan qit’alararo ballistik raketani sinovdan o‘tkazmoqchi, degan xavotirlar bor edi. Biroq, ma’lum bo‘lishicha, bu safar gap ancha qisqa masofaga ega raketa haqida borgan.

Janubiy Koreya harbiylariga ko‘ra, raketa taxminan 570 km masofani bosib o‘tgan. Uning uchirilishi Shimoliy Koreya sobiq yetakchisi Kim Chen Ir vafotining 12 yilligiga to‘g‘ri keldi. 

21 noyabr kuni Shimoliy Koreya o‘zining birinchi harbiy sun’iy yo‘ldoshini uchirdi va u orbitaga muvaffaqiyatli yetib bordi. 

Mavzuga oid