O‘zbekiston | 16:30 / 20.12.2023
4242
5 daqiqa o‘qiladi

50 nafar yosh IT mutaxassislari kiberxavfsizlik bo‘yicha xalqaro sertifikatlarga ega bo‘ldi

Foto: Beeline Uzbekistan

Beeline Uzbekistan Astrum IT Academy’da “Kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassis” kursida 50 nafar talabani o‘qitishga homiylik qildi. 20-dekabr kuni kompaniyaning bosh ofisida mutaxassislarga Kiberxavfsizlik Ilmiy assotsiatsiyasi (SCSA)dan sertifikatlar bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning oktyabr oyida O‘zbekiston telekommunikatsiya sohasining yirik xorijiy investorlari va soliq to‘lovchilaridan biri bo‘lgan Beeline Uzbekistan “Kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassis” kursi bo‘yicha malaka oshirish uchun 1,2 milliard so‘mlik 50 ta grant ajratdi. Bu qadam digital-operatorning IT sohasida kadrlarni rivojlantirish va O‘zbekistonda raqamli xavfsizlikni targ‘ib qilish bo‘yicha strategik tashabbusiga urg‘u beradi.

O‘zbekistonning turli hududlaridan kelgan iqtidorli talabalar 2 oylik kursni tamomladi, unda kiberxavfsizlikning dolzarb mavzulari, jumladan, axborot resurslarini himoya qilish, tashqi hujumlarga qarshi kurashish usullari va Python’da dasturlash kabi mavzular o‘rganildi.

“Kurs qiziqarli va yangi bilimlarga boy bo‘ldi, lekin men uchun Kali Linux bilan ishlash haqiqiy chaqiruvga aylandi. Kasbim bo‘yicha men yuristman, lekin kiberxavfsizlik hozirda hatto huquqshunoslik sohasida ham muhim. Men tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tdim va o‘z kasbim bo‘yicha kiberxavfsizlik sohasidagi bilimlarni joriy etishda davom etishimga ishonchim komil”, — deya ulashadi farg‘onalik Naziraxon Ibrohimova.

Nafaqat O‘zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yirik IT akademiyasi – Astrum IT Academy tomonidan tashkil etilgan ta’lim jarayoni «Kiberxavfsizlik bo‘yicha ilmiy assotsiatsiya» (SCSA) va O‘zbekiston Respublikasi Kiberxavfsizlik markazi bilan hamkorlikda onlayn rejimda o‘tkazildi va barcha bitiruvchilarga xalqaro sertifikatlar topshirilishi bilan yakunlandi. O‘qish natijalariga ko‘ra besh nafar eng yuqori natijalarga erishgan talaba keyinchalik Beeline Uzbekistan’da amaliyot o‘tash uchun ham ko‘rib chiqiladi.

 «Ajoyib kurs! 2 oy ichida shuncha materialni sig‘dirib bo‘lmaydi deb o‘ylagandim! Kiberxavfsizlik bo‘yicha tajribaga ega bo‘lganimga qaramay, men ko‘p narsalarni o‘rgandim. Men uchun eng qiziqarlisi Sergey Simonovning darslari bo‘ldi, axloqiy xakerlik kursi esa menga eng qiyini bo‘lib tuyuldi. Ishonchim komilki, men kelajakda IT va kiberxavfsizlik sohasida rivojlanaman»,deydi toshkentlik Arslan Bitanov.

Kursni tamomlagan talabalar axborot xavfsizligini hisobga olgan holda kompyuter tarmoqlarini yaratish, kibermakondagi xatar va tahdidlarni chuqur anglash, zaifliklar va hakerlik tizimlarini tahlil qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lish, shuningdek, tashkilotlarda xavfsizlikni sozlash tajribasiga ega bo‘lishdi. Bundan tashqari, yosh mutaxassislar axloqiy hakerlik va kibermakonda qonuniy faoliyat madaniyatini puxta egallashdi.

***

Unitel MChJ 2006 yilning 12 sentabridan boshlab Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Amsterdam (Niderlandiya) shahrida joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi.

VEON 6 mamlakatda 160 milliondan ortiq abonentga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarini provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida joylashgan.

Beeline Uzbekistan'da 1,6 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006 yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1,4 milliard AQSh dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. Unitel MChJ — O‘zbekistonning yirik soliq to‘lovchi kompaniyalaridan biri. Beeline SB'ning O‘zbekistondagi faoliyati davomida 2 milliard dollardan ortiq soliq to‘langan.

Sayt: beeline.uz

Facebook: @beeline.uz

Instagram: @beeline_uzbekistan

Telegram: @beelineuzbekistan

Twitter: @beeline_uz

LinkedIn: @beeline-uzbekistan

Reklama

Mavzuga oid