Kuvayt Toshkentda avtomashinalar ehtiyot qismlari ishlab chiqarishi mumkin
Kuvayt biznesi O‘zbekistonda loyiha amalga oshirishga qiziqish bildirmoqda.
O‘zbekistonning Kuvaytdagi elchixonasida taniqli investor Badr Sari Xalif Sulton al-Enezi bilan uchrashuv o‘tkazildi.
«Dunyo» xabariga ko‘ra, muloqot chog‘ida O‘zbekistonga xorijiy investitsiyalarni jalb etish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari xususida fikr almashildi.
Badr Sari Xalif Sulton al-Enezining aytishicha, u ayni paytda Toshkent shahrida avtomashinalar ehtiyot qismlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Suraya kompaniyasi filialini tashkil etishni rejalashtirmoqda.
– Shuningdek, biz O‘zbekistondagi yuk mashinalari uchun turli ehtiyot qismlarini yetkazib berish bo‘yicha ham hamkorlik qilmoqchimiz, – dedi u. – O‘zbekistonda amalga oshiriladigan biznes loyihalarga to‘g‘ridan to‘g‘ri sarmoya kiritiladi. Mazkur rejalarni hayotga tatbiq etish bo‘yicha ishlarni boshlash uchun 2024 yil yanvar oyida O‘zbekistonga borishni rejalashtiryapmiz.
Mavzuga oid
12:41 / 24.07.2024
Kuvayt O‘zbekistonda farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishga qiziqish bildirmoqda
12:29 / 24.07.2024
Kuvayt O‘zbekiston bilan tog‘-kon sanoati sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqchi
09:19 / 15.07.2024
Kuvayt «juda katta» neft konini topdi
12:44 / 26.06.2024