O‘zbekiston | 18:27 / 29.12.2023
9245
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistonning ayrim hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi
«O‘zgidromet» 30 dekabrdan 2 yanvarga qadar Toshkent va Namangan viloyatlarining bir qator hududlarida qor ko‘chishi xavfini e’lon qildi.
«O‘zgidromet» O‘zbekistonning ayrim hududalarida qor ko‘chish xavfini e’lon qildi.
Ma’lum qilinishicha, 2023 yil 30 dekabrdan 2024 yil 2 yanvarga qadar kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining keskin o‘zgarishi sababli respublikaning tog‘li hududlarida, jumladan, quyidagi hududlarda qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi:
- Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);
- Namangan viloyati Pop tumani.