O‘zbekiston | 23:03 / 05.01.2024
22328
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda 3,5 ballik zilzila sodir bo‘ldi 

Yer silkinishi Namangan viloyatida yuz berdi. 

FVV Seysmoprognostik monitoring markazi xabariga ko‘ra, 5 yanvar kuni soat 21:59 da O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi. 

Qayd qilinishicha, zilzila episentri Toshkentdan 218 km janubiy-sharqda, Namangan viloyati, Chortoq tumanida, 15 km chuqurlikda bo‘lgan. Uning magnitudasi - 3,5 ball. 

O‘zbekiston hududida zilzilaning sezilish kuchi:

- Namangan viloyati, Chortoq tumanida 2-3 ball, 2 km.

- Uychi tumanida 2 ball, 13 km.

- Namangan shahrida 2 ball, 17 km.

- Yangiqo‘rg‘on tumanida 2 ball, 20 km.

- Kosonsoy tumanida 2 ball, 23 km.

Mavzuga oid