Iqtisodiyot | 09:40 / 06.01.2024
6727
1 daqiqa o‘qiladi

Qaysi oyda O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi hajmi eng yuqori bo‘lgani aytildi

Qaysi oyda O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi hajmi eng yuqori bo‘lgani to‘g‘risida ma’lumot berildi.

2023 yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 57,3 mlrd AQSh dollariga yetgan.  

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning 11 oyida oylar kesimida qayd etilgan tashqi savdo aylanmasi hajmi bo‘yicha noyabr oyi yetakchilik qilmoqda – 6,3 mlrd dollar.

Undan keyingi o‘rinlardan tashqi savdo aylanmasi hajmi mos ravishda 6,2 mlrd dollarga teng bo‘lgan may hamda oktyabr oylari joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan oylar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:

  • martda  – 5,8 mlrd;  
  • iyulda – 5,8 mlrd;
  • avgustda – 5,1 mlrd;
  • yanvarda – 5,0 mlrd;
  • aprelda – 4,8 mlrd;
  • sentabrda – 4,7 mlrd;
  • fevralda – 3,9 mlrd; 
  • iyunda – 3,4 mlrd;

Ma’lumot uchun, raqamlar yaxlitlangan holda berilgan.

Mavzuga oid