O‘zbekiston | 12:28 / 08.01.2024
2872
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston TIVda Rossiya elchisi bilan uchrashuv o‘tkazildi

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari va Rossiya elchisi TIVdagi uchrashuvda oliy darajadagi sammitlar yakunlari bo‘yicha erishilgan barcha kelishuvlarni har tomonlama amalga oshirishga alohida e’tibor qaratdi.

Foto: TIV

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Rahmatulla Nurimbetov Rossiya elchisi Oleg Malginov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

TIV ma’lumotiga ko‘ra, suhbat chog‘ida O‘zbekiston–Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Oliy darajadagi uchrashuvlar yakunlari bo‘yicha erishilgan barcha kelishuvlarni har tomonlama amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Turli darajadagi bo‘lajak tadbirlar jadvali va kun tartibi muhokama qilindi.

Mavzuga oid