O‘zbekiston | 11:18 / 08.01.2024
1987
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekiston va Qatar yangi qo‘shma investitsiyaviy loyihalarni muhokama qilyapti
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari va Qatar elchisi ikki tomonlama munosabatlarning 2023 yildagi rivojlanishini sarhisob qildilar hamda 2024 yilga mo‘ljallangan qo‘shma tadbirlar jadvalini ko‘rib chiqdi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahrom A’loyev Qatar elchisi Hasan Hamza Hoshim bilan uchrashuv o‘tkazdi.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, muloqot chog‘ida tomonlar O‘zbekiston-Qatar munosabatlarining 2023 yildagi rivojlanishini sarhisob qilib, 2024 yilga mo‘ljallangan qo‘shma tadbirlar jadvalini ko‘rib chiqdi.
Turli yo‘nalishlarda yangi qo‘shma investitsiyaviy loyihalarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.
Mavzuga oid
10:40 / 13.09.2024
Qatar o‘zbekistonlik talabalar uchun ta’lim grantlari sonini ko‘paytirishi mumkin
12:16 / 10.09.2024
Saida Mirziyoyeva Qatarga tashrif buyurdi
09:10 / 18.07.2024
Saida Mirziyoyeva Qatarning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi
15:32 / 26.06.2024