O‘zbekiston | 10:39 / 09.01.2024
5107
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda doimiy aholi soni har kuni o‘rtacha 2,1 ming kishiga ko‘paymoqda

O‘zbekiston aholisi 2023 yilning har bir oyida o‘rtacha 64,6 ming kishiga oshgan.

Foto: Kun.uz

2024 yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekistonning doimiy aholisi 36 799 756 kishini tashkil etgan. 

Prezident huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, respublikaning doimiy aholisi soni o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2 foizga oshgan.

Qayd etilishicha, mamlakat aholisi 2023 yil boshidan buyon 774,8 ming kishiga ko‘paygan.

O‘zbekiston aholisi 2023 yilning har bir oyida o‘rtacha 64,6 ming kishiga oshgan.

2023 yilning har bir kunida doimiy aholi soni o‘rtacha 2,1 ming kishiga ko‘paymoqda.

Mavzuga oid