O‘zbekiston | 09:14 / 12.01.2024
3478
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Turkiya 2024 yilga mo‘ljallangan rejalarni ko‘rib chiqdi

O‘zbekiston va Turkiya tashqi siyosat idoralari rahbarlari telefon orqali muloqot chog‘ida 2023 yil yakunlarini sarhisob qilib, 2024 yilga mo‘ljallangan rejalarni ko‘rib chiqdi.

Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan telefon orqali muloqot chog‘ida 2024 yilga mo‘ljallangan rejalarni muhokama qildi.

«Hamkasbim, Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan janoblari bilan telefon orqali muloqot qilishdan mamnunmiz», - deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida. 

O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarining tobora kengayib borayotgan kun tartibi muhokama qilindi.

Suhbat chog‘ida 2023 yilning muvaffaqiyatli yakunlari sarhisob qilinib, 2024 yilga mo‘ljallangan rejalar ko‘rib chiqildi.

2023 yil 26-27 sentabr kunlari Anqara shahrida O‘zbekiston va Turkiya tashqi siyosat idoralari rahbarlari Baxtiyor Saidov va Hoqon Fidan raisligida O‘zbekiston-Turkiya strategik rejalashtirish guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Muzokaralarda ikki tomonlama hamkorlikda erishilgan yutuqlar sarhisob qilinib, yaqin va uzoq muddatli maqsadlar belgilab olindi.

Mavzuga oid