O‘zbekiston | 10:40 / 12.01.2024
4215
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda fuqaroning hisob raqamidan 460 mln so‘m yechib olgan shaxslar ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zgatilgan. IIBB boshqa jabrlangan fuqarolardan murojaat qilishni so‘ramoqda.

Foto: Videodan kadr

Fuqarolardan biri boshqarmaga murojaat qilib, oz nomiga ochilgan omonat hisob raqamida bo‘lgan 460 mln so‘m noma’lum shaxslar tomonidan yechib olinganini malum qilgan va ushbu shaxslarni topib, qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda.

Toshkent shahar IIBB Axborot texnologiyalar sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan olib borilgan tadbirlar davomida jinoiy guruh azolari ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, ular jabrlanuvchining shaxsiy malumotlarini qo‘lga kiritgan holda unga tegishli pullarni mobil ilovalar orqali yechib olgan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zgatilgan. Toshkent shahar IIBB Axborot texnologiyalar sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan jinoiy guruhning boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Mavzuga oid