O‘zbekiston | 14:09 / 17.01.2024
1550
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Britaniya o‘zaro munosabatlarni chuqurlashtirish yo‘llarini muhokama qildi

O‘zbekiston va Britaniya TIV rahbarlarining o‘rinbosarlari ikki tomonlama munosabatlarni chuqurlashtirishning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildi.

Foto: Dunyo

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov Britaniya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Leo Dokerti bilan muzokaralar o‘tkazdi.

TIV ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda O‘zbekiston-Buyuk Britaniya muloqotining holati va istiqbolli yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashdi hamda bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvalini muhokama qildi.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston bilan Buyuk Britaniya o‘rtasidagi munosabatlar jadal rivojlanayotgani, kun tartibidagi barcha jabhalar bo‘yicha o‘zaro manfaatli sheriklik izchil kengayib borayotgani qayd etildi. Iqtisodiy diplomatiya ikki tomonlama hamkorlikning muhim tarkibiy qismlaridan biri sifatida qaralayotgani ta’kidlandi.

Ikki davlat tashqi siyosat idoralari rahbarlarining o‘rinbosarlari dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalarni ham ko‘rib chiqdi.

Mavzuga oid