Kuleba: Ukraina 2024 yilda osmonni nazorat qilishni rejalashtiryapti
2022 yilda Ukraina quruqlikda, 2023 yilda dengizda Rossiya ustidan g‘alaba qozondi va 2024 yilda buni havoda amalga oshirish niyatida, dedi Davosda Ukraina TIV rahbari. Kuleba yana Kiyevga zarur qurollarni berishni so‘radi.
Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kulebaning so‘zlariga ko‘ra, joriy yilda Ukraina qurolli kuchlari havoda suverenitetga erishish niyatida. 17 yanvar, chorshanba kuni Davosda bo‘lib o‘tayotgan Jahon iqtisodiy forumida u: «2024 yilda, albatta, ustuvor vazifa – Rossiyani osmonda taslim qilish. Axir osmonni kim nazorat qilsa, urush qachon va qanday tugashini o‘sha belgilaydi», dedi.
Ukrainalik siyosatchining ta’kidlashicha, uning mamlakati «juda kuchli dushman, uxlamaydigan katta dushman» bilan kurashmoqda va g‘alaba uchun vaqt kerak. Unga ko‘ra, 2022 yilda Ukraina Rossiya Federatsiyasi ustidan «quruqlikda», 2023 yilda esa «dengizda» g‘alaba qozongan. «Biz 2024 yilda uni havoda yengishga to‘liq e’tibor qaratganmiz», dedi Ukraina TIV rahbari.
Ukrainaning qurolga muhtojligi
Shu bilan birga, Kuleba yana havo hududini himoya qilish uchun qiruvchi samolyotlar va uzoq masofali raketalarga muhtoj bo‘lgan Ukraina iltimosiga ishora qildi. «Bu Ukrainaga samolyotlar, uzoq masofaga uchuvchi raketalar va dronlarni yetkazib berish zaruriyatini keltirib chiqaradi», dedi u.
O‘z navbatida, AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Ukrainaning osmonni nazorat qila olishiga shubha bildirdi. Davosda so‘zlagan nutqida u Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish imkoniyatlari pastligini ham aytdi. Buning uchun Rossiya Ukrainaga qarshi hujumi bilan shubha ostiga qo‘ygan asosiy tamoyillar – hududiy yaxlitlik, suverenitet va mustaqillik asosida vijdonan muzokaralar olib borishga tayyor bo‘lishi kerak, dedi davlat kotibi.
Agar Rossiya Federatsiyasi shu asosda muzokaralarga qachondir tayyor bo‘lsa, unda buni qilishni xohlaydigan ukrainaliklar ham topiladi va Qo‘shma Shtatlar ularni qo‘llab-quvvatlashi mumkin bo‘ladi, deya qo‘shimcha qildi u.
Jahon iqtisodiy forumi 19 yanvargacha davom etadi
Ayni paytda, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Davosda so‘zlagan holda, agar o‘z mamlakatiga yordam kechiktirilsa, Yevropa qit’asi xavfsizligiga tahdid borligini ma’lum qildi. Boshqa davlatlar ko‘magisiz Kiyevda artilleriya va zenit-raketalar yetishmayapti, bu holatda Ukraina qurolli kuchlari hujumlarni qaytara olmaydi, deya tushuntirdi u.
19 yanvarga qadar davom etadigan Davosdagi Jahon iqtisodiy forumida siyosat, biznes va fuqarolik jamiyatidan 2800 ga yaqin vakil ishtirok etishi kutilmoqda. Kun tartibida Ukrainadagi urush, shuningdek, Isroilning HAMAS guruhiga qarshi harbiy amaliyoti asosiy o‘rin tutadi.
Mavzuga oid
11:00
RFda Ukrainaga qarshi urush qatnashchilari imtiyozli ipotekani ololmaydi
08:43
Ukraina MV demobilizatsiya to‘g‘risidagi qonunni tayyorlashni kechiktirishni so‘radi
22:34 / 24.12.2024
Rossiya–Ukraina urushi tugaydimi? Putin nimani xohlaydi?
20:22 / 24.12.2024