Jahon | 23:11 / 26.01.2024
13297
2 daqiqa o‘qiladi

Putin ilk bor Il-76 samolyotining halokatiga izoh berdi

U samolyot halokatida Ukrainani aybladi. 

Foto: kremlin.ru

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Il-76 Rossiya harbiy transport samolyotining Belgorod viloyatida halokatga uchraganiga ilk bor izoh berdi. U samolyot halokatida Ukrainani aybladi.

Rossiya prezidenti so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi samolyot bortida ukrainalik harbiy asirlar borligidan xabardor bo‘lgan. 

«65 kishi bor edi. Biz ularni shunchaki u yerga olib borganimiz yo‘q. Bosh razvedka boshqarmasi va Ukraina Qurolli kuchlari u yerga 65 nafar harbiy xizmatchini olib borayotganimizni bilishgan va menimcha, jami 190 nafarni olib borish rejalashtirilgan edi», dedi u. 

Rossiya prezidentining ta’kidlashicha, Ukraina qasddan zarba berganmi yoki xato qilganmi noma’lum, ammo «ular buni qilgani ko‘rinib turibdi». Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev nazorati ostidagi hududlardan ikkita raketa uchirilishi qayd etilgan, 2-3 daqiqadan keyin samolyot urib tushirilgan, undan qochib qutulishning deyarli imkoni bo‘lmagan». 

«Bu hech qanday sharoitda do‘stona zarba bo‘lishi mumkin emas edi», deb qo‘shimcha qildi u. 

Putinning ta’kidlashicha, Il-76 halokatga uchragan joydan topilgan parchalar samolyot Fransiya yoki AQSh havo hujumidan mudofaa tizimi orqali urib tushirilganidan dalolat beradi. Il-76 ishi bo‘yicha tergov natijalari «Ukraina xalqi bilishi uchun» e’lon qilinadi.

Mavzuga oid