Xorazmda elektrdan noqonuniy foydalangan fuqaro davlatga 35 mln so‘m ziyon yetkazdi
Xorazm viloyati Urganch tumanida elektrdan noqonuniy foydalangan fuqaro davlatga 35 million so‘m ziyon yetkazdi. Bu haqda «Hududiy elektr tarmoqlari» xabar berdi.
Unga ko‘ra, «Hududiy elektr tarmoqlari»ning filial va korxonalari tomonidan hududlarda iste’molchilarning elektr energiyasidan foydalanishda qoida buzishlarini oldini olish, «Elektrhisob» dasturiga kiritilmasdan elektr tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish holatlarni aniqlash hamda hisoblagichdan tashqari ulangan uskunalarning mavjudligini aniqlash maqsadida reyd tadbirlari olib borilmoqda.
«Hududiy elektr tarmoqlari» Xorazm hududiy filiali tomonidan Urganch tumanida o‘zkazilgan tezkor tadbir davomida Jayhun mahallasida yashovchi S.J, tomonidan elektr tarmog‘iga o‘z boshimchalik bilan ulanib, elektr energiyasidan foydalanayotgani aniqlandi.
Dalolatnoma bo‘yicha qayta hisob-kitob qilish natijasida jamiyatga 35 million 661 ming 960 so‘m zarar yetkazgani hisoblanib, chora ko‘rish maqsadida tegishli tashkilotlarga taqdim qilindi.
Mavzuga oid
18:40 / 18.09.2024
Urganch davlat universiteti tomonidan o‘tkazilgan tenderda qonunbuzilishi aniqlandi
11:40 / 10.09.2024
Xorazmda 4 tup daraxt kesgan shaxs jarima va zarar uchun 27,8 mln so‘m to‘laydi
10:43 / 05.09.2024
Latviya Xorazmda matematika va IT yo‘nalishida maktab ochadi
18:31 / 19.08.2024