Sport | 23:16 / 02.02.2024
16543
2 daqiqa o‘qiladi

Osiyo kubogi-2023. Janubiy Koreya Avstraliya bilan o‘yinda kambek qilib, yarimfinalga chiqdi

Osiyo kubogi-2023 chorakfinali doirasidagi ikkinchi bahsda turnir favoritlaridan biri musobaqani tark etdi.

Avstraliya va Janubiy Koreya o‘rtasidagi uchrashuvda Gudvinning yagona goli chempionlikka asosiy da’vogarlar qatoriga kiritilgan koreyslarni uyiga ravona qilishga juda yaqin edi. Ammo, 90+6-daqiqada Son Hyon Min penalti ishlagach, Chxan muvozanatni tiklab, jamoalarni qo‘shimcha bo‘limlarga taklif qildi – 1:1.

Koreyslar so‘nggi uch kunda ikkinchi marta 120 daqiqalik bahsda to‘p surgan bo‘lishiga qaramay, ekstra-taymlarda ustunlik qilishdi. 104-daqiqada Son yana katta sahnaga chiqib, jarima zarbasidan supergol muallifiga aylandi – 2:1.

Shu tariqa, Son Hyon Min yetakchiligidagi koreyslar kambek qilib, Avstraliyani turnirdan chiqarib yuborishdi. Janubiy Koreya yarimfinalda Iordaniyaga qarshi o‘ynaydigan bo‘ldi.

Osiyo kubogi-2023. Chorakfinal
Avstraliya – Janubiy Koreya 1:2
Gollar:
 1:0 – 42 Gudvin, 1:1 – 90+6, penalti Xvan Xi Chxan, 1:2 – 104 Son Hyon Min.

Avstraliya – Rayan, Atkinson (Miller, 73), Suttar, Roulz, Bexich, Irvayn, Bakkus (O`Nil, 70), Metkalf (Makgri, 70), Gudvin (Bos, 73), Boyl, Dyuk.

Janubiy Koreya – Chjo Xen U, Kim Txe Xvan, Kim Yen Gvon, Kim Min Chje, Sol Yen U, Pak Yen U, Xvan In Bom (Xon Xen Sok, 77), Li Kan In, Son Hyon Min, Xvan Xi Chxan, Chjo Gyu Son (Li Chje Son, 69).

Chetlatish: O`Nil, 105.

Mavzuga oid