Toshkentda harakat vaqtida avariya holatini yuzaga keltirgan avtobus haydovchisi ishdan olindi
Toshkentda 80-sonli avtobus yo‘nalishi haydovchisi yo‘lda boshqa transport vositalariga xalaqit berib, avariya holatni yuzaga keltirdi. Haydovchi yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol buzgani va yo‘lovchilar hayotini xavf ostiga qo‘ygani uchun ishdan bo‘shatildi.
31 yanvar kuni tarmoqlarda Toshkentdagi 2-sonli avtobus saroyi filiali tasarrufidagi 80-sonli yo‘nalish yo‘lda boshqa transportlarga xalaqit qilib, avariya holatini yuzaga keltirgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan «Toshshahartransxizmat» axborot xizmati munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, 2-sonli avtobus saroyi filiali rahbariyati va tezkor shtab a’zolari haydovchi bilan tushuntirish ishlari olib borilgan. Harakat qoidalari va ichki tartibni buzgani hamda yo‘lovchilar hayotini xavf ostiga qo‘ygani uchun korxona tomonidan haydovchi bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan.
Bunday holatlarning oldini olish uchun 80-yo‘nalishdagi barcha haydovchilar qo‘shimcha tushuntirish ishlari olib borilgan.
Mavzuga oid
19:38 / 18.09.2024
Toshkentda o‘ndan ortiq avtobus yo‘nalishi vaqtincha o‘zgaradi
20:48 / 10.09.2024
Toshkentda konduktor mast holda bo‘lgan shaxsni kuch ishlatib avtobusdan tushirib yubordi
11:05 / 08.09.2024
Samarqandda shaharlararo yo‘lovchi tashish avtobusida yaroqsiz go‘sht olib ketilayotgani aniqlandi
19:00 / 30.08.2024