Toshkent viloyatidagi bojxona maskanida noqonuniy olib kirilayotgan 1,1 mlrd so‘mlik tovarlar to‘xtatib qolindi
Yuk mashinasida 30 dona simsiz portativ dinamiklar noqonuniy olib kirilayotganda ushlangan.
Toshkent viloyati «Yallama» chegara bojxona maskanida noqonuniy olib kirilayotgan uskunalar ushlab qolingan. Bu haqda bojxona boshqarmasi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, «Yallama» chegara bojxona maskani orqali Mercedes-Benz yuk mashinasida O‘zbekistondagi MChJlardan birining nomiga olib kelinayotgan yuklar bojxona nazoratidan o‘tkazilgan.
Bojxona posti hamda audit bo‘limi xodimlari tomonidan tashkilotning ishonchli vakili va xolislar ishtirokida o‘tkazilgan bojxona ko‘rigi davomida, yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan, qiymati 1 mlrd 150 mln so‘mlik 30 dona simsiz portativ dinamiklar borligi aniqlangan.
Qayd etilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
12:10 / 29.10.2024
Toshkent viloyatida fuqaro o‘zi tashlagan chiqindini o‘zi tozaladi
18:09 / 25.10.2024
Yangi Toshkent shahri uchun Toshkent viloyatidan qo‘shimcha yer ajratildi
12:30 / 24.10.2024
Toshkent viloyatining uch hududida sifatsiz benzin sotayotgan AYoQSh aniqlandi
15:30 / 23.10.2024