Yangi qurilgan uylardan olish xavotiri. Chuv tushmaslik uchun nimalarni bilish kerak?
Yaqin orada yangi uy olishni reja qilyapsizmi? Agar shunday bo‘lsa - yangi qurilgan uylardan xarid qilayotganda uning sifatini qanday tekshirib olishni bilasizmi? Keling, bugun sizga shu haqida ko‘rsatmalar bilan bo‘lishmoqchimiz. Bu sizga qiziq bo‘lishi aniq.
Aholi demografiyasi o‘sishi uy-joyga bo‘lgan talabning keskin ortishiga olib keldi. Bugun har qadamda yangi turar joy majmualari qurilayotganini ko‘rish mumkin. Ammo yangi qurilgan turar joy majmualari bilan bog‘liq muammolarning ko‘pligi ularga bo‘lgan ishonchni pasaytirgani ham rost. Shunday ekan, yangi turar joy majmualaridan uy olishda nimalarga e’tibor qaratish lozimligi, ularning qurilish sifatini qanday tekshirish mumkinligi hammaga qiziq jarayon.
Yangi uy olishda nimalarga e’tibor berish kerak?
Toshkentda yangi qurilgan uy tanlashda qurilish kompaniyasining obro‘si, ular taqdim etgan loyihalar va mijozlar fikrlarini bilish kerak. Shuningdek, ishlatilayotgan qurilish materiallarining sifati va seysmik mustahkamlik darajasi haqida ma’lumot olish lozim bo‘ladi. Shu o‘rinda muhim jihatlardan biri – uy qurilishi bilan bog‘liq barcha hujjatlar, qurilishga ruxsatnoma va muhandislik kommunikatsiyalari hujjatlari tekshirilishi kerak.
Toshkentdagi bir qurilish misolida
Bugun shunday qurilish kompaniyalaridan biri misolida buni sinab ko‘rdik. ART HOUSE – 2012 yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan qurilish kompaniyasi hisoblanadi. Dastlab Navoiy viloyatida boshlangan faoliyat Toshkent shahrida davom etmoqda. Kompaniya shu kunga qadar 10 000ga yaqin xonadonlarni qurib egalariga topshirdi. Boshqa qurilish kompaniyalaridan farqli ravishda kompaniya sotuvni qurilishning kotlovan jarayonida emas, uylarning 3-4 qavatiga qadar qurilganday keyin sotuv boshlanadi. Bu haqida kompaniya bosh mutaxassisi Abdurahmon Fayzullayev gapirib berdi:
“Yangi qurilayotgan “Ko‘kcha-Oqtepa” loyihamizni 2025 yilning 2-choragida to‘liq foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. 1-2-3 bloklarimizdagi uylarni joriy yilning mart oyida foydalanishga topshiramiz. E’tiborli jihati shundaki, biz uylarimizni qurilishning 3-4 qavati tiklangach sotuvga chiqaramiz. Bunga sabab barcha texnikalar o‘z mablag‘larimiz hisobidan amalga oshiriladi.
Majmuadagi 7-blokda uylarimiz 2 yil muddatga bo‘lib to‘lashga berilgan. Qurilishni esa 1 yilda yakunlab uyni bitirganmiz. Agar kotlovan jarayonida uy sotiladigan bo‘lsa keyin uning bitishini kutishga ko‘p vaqt ketishi mumkin. Bizda hamma xarajatlar o‘z mablag‘imizdan qilingani uchun uylar deyarli tayyor bo‘lgandan keyin sotuv boshlanadi. ”
Liftlar – xavfsiz, ishonchli va mustahkam bo‘lishi kerak
Turar joy majmuasida yana bir diqqatga sazovor jihat – qurilish maydonidagi beton ishlab chiqarish uskunasidir. Qurilishda ishlatilayotgan beton mahsulotlarining yanada sifatli bo‘lishi uchun shu yerning o‘zida tayyorlanadi va laboratoriya tekshiruvidan o‘tkaziladi.
Bundan tashqari, yangi uylarga o‘rnatilayotgan liftlarning sifati va xavfsizligi alohida e’tibor tortadi, chunki o‘tgan yilda kuzatilgan bir nechta ko‘ngilsiz holatlar aynan liftlar bilan sodir bo‘lgan edi. “Ko‘kcha-Oqtepa” majmuasidagi uylarda esa elektr ta’minoti uzilgan holatda ham liftlarda elektr energiyasi bilan ta’minlanadi.
Kechikayotgan kadastrlar. Nega bunday bo‘ladi?
Sir emaski, bugun ayrim fuqarolar pulini to‘lab, uyni olishda qiyinchilikka duch kelishyapti. Ularning aksariyati kadastr hujjatlari bilan bog‘liq. Nega bunday?
Ko‘pincha uy qurish uchun yerni qo‘lga kiritgan “tadbirkor” uni qurilishida loyihadan tashqari holatlarga yo‘l qo‘yadi. Masalan, 5 qavat o‘rniga 7 qavat, 9 qavat o‘rniga 10 qavat uy quradi. Bunda aholi uchun yaratilayotgan infrastruktura inobatga olinmaydi. Ya’ni, barcha zaxiralar 100 kishiga mo‘ljallangan bo‘lsa, o‘zgarishlar oqibatida bu infratsrukturadan 200 kishi foydalanishi kerak bo‘ladi. Bunday vaziyatlarda davlat tashkilotlari uylarni toki ko‘rsatilgan maromga keltirilmaguncha kadastr hujjatlarini berishmaydi. Afsuski, bundan eng ko‘p aziyat chekadigan – xalq vakillari hisoblanadi. Demak yangi uy olayotganda - tekshiriladigan hujjatlardagi loyiha bilan qurilgan uyning bir-biriga mutanosibligini tekshirish kerak.
Siz o‘zingiz xohlagan uyning qurilish jarayoni, yoki holati bilan tanishish huquqiga egasiz. Masalan ART HOUSE uylari bilan tanishish uchun haftaning har chorshanba va shanba kunlari borish mumkin.
Yaqin vaqtlarda qurilgan yangi uylar bilan bog‘liq muammolar sog‘lig‘ingiz va mablag‘ingizga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini yoddan chiqarmaslik kerak. Shuning uchun sotib olishdan avval mukammal tekshiruv va maslahat olish juda muhimdir.
Bundan tashqari yangi uy olishda kelgusida elektr, suv, issiqlik ta’minoti uzilmasligi uchun nimalarni bilish kerakligini ham videoning to‘liq variantida bilib olish mumkin.
Hoziroq biz bilan bog‘laning:
+998712307447
+998940100404
+998909687479
Aloqa boti: arthouse_kukcha_bot
Instagram: arthouse_uzb
Telegram: arthouseuzb
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
17:03 / 29.10.2024
Yevropaliklar uy-joyga pul to‘lash uchun oziq-ovqat xarajatlarini kamaytirishga majbur bo‘lmoqda - so‘rovnoma
18:15 / 14.10.2024
Uy sotib olishga bo‘lgan qiziqish pasayishda davom etyapti
22:30 / 27.09.2024
“Uy-joy bozori haliyam yovvoyi holatda” – ekspertlar bilan katta suhbat
08:00 / 19.09.2024