O‘zbekiston | 07:40 / 26.02.2024
27546
1 daqiqa o‘qiladi

Aholisi ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi eng past hudud aytildi

O‘zbekistonda aholisi ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi eng past hudud ma’lum qilindi.

Foto: O‘zsuvta’minot

“O‘zsuvta’minot” xabariga ko‘ra, Qashqadaryo aholisining ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi 59,4 foiz bilan respublikada eng past ko‘rsatkichni qayd etmoqda. 

Ammo hududda ichimlik suvi ta’minoti qamrovini kengaytirishga qaratilgan islohotlar bir daqiqaga ham to‘xtamagani aytilgan.

“O‘zsuvta’minot” boshqaruvi raisi o‘rinbosari v.b. Shoxruhali Sadillayev viloyatdagi sohada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishgan. Viloyatning tog‘li-rekreatsion hududlarida zamonaviy xizmat ko‘rsatish hamda turizm obektlaridagi ichimlik suvi va oqova tizimlarining loyihaoldi jarayonlari ko‘zdan kechirilgan.

U mas’ullarga xizmat sifatini yaxshilashga qaratilgan tegishli taklif va topshiriqlar bergan.

Mavzuga oid