Markaziy Osiyoning 5 ta transchegaraviy daryo havzasida iqlim o‘zgarishi ta’siri o‘rganilyapti
Toshkent shahrida Markaziy Osiyodagi beshta transchegaraviy daryolar havzasining iqlim o‘zgarishiga nisbatan xavf-xatarini baholash bo‘yicha yirik loyiha boshlanishiga bag‘ishlangan mintaqaviy seminar bo‘lib o‘tdi.
Baholash natijalariga ko‘ra, har bir suv havzasi — Qirg‘iziston va O‘zbekiston hududidagi Isfayramsoy, Qirg‘iziston va O‘zbekistondagi Shohimardon, Tojikiston va O‘zbekistondagi Zarafshon, Turkmanistondagi Murg‘ob va Qirg‘iziston hamda Qozog‘istondagi Chong-Kemin/Chu daryosi uchun iqlim o‘zgarishi ta’sirini yumshatish bo‘yicha chora-tadbirlar taklif etiladi.
«Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati bilan birga O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishini boshqarishga qaratilgan qator loyihalarni amalga oshirmoqda. Maqsad O‘zbekiston hududini kesib o‘tgan 5 ta transchegaraviy daryolarning ekologik aspektlarini aniqlash va daryolardan qishloq xo‘jaligida, energetikada va boshqa sohalarda foydalanganda iqlim o‘zgarishiga ta’sirini kamaytirishdir. Farg‘ona vodiysida Isfayramsoy va Shohimardon daryolariga, Samarqand, Navoiy va Jizzax viloyatlarida Zarafshon daryosiga iqlim o‘zgarishining ta’siri o‘rganiladi», — dedi Ekologiya vazirligi bo‘lim boshlig‘i Abdumajid Xolmurodov.
Seminarda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston milliy gidrometeorologiya xizmatlari, atrof-muhitni muhofaza qilish, suv resurslarini boshqarish va favqulodda vaziyatlar davlat idoralari mutaxassislari ishtirok etdi. Ular birgalikda belgilangan suv havzalarida kelajakdagi iqlim xavfini baholash imkoniyatlarini aniqladi.
Shu paytga qadar xavflarni aniqlashda quyidagi mezonlar hisobga olingan: transchegaraviy havzaning kattaligi, suv bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning mavjudligi (masalan, ko‘chkilar, kanallarning o‘zgarishi), gidrologik hamda meteorologik stansiyalarning mavjudligi va boshqalar.
Mavzuga oid
13:36 / 08.11.2024
2024 yil tarixdagi eng issiq yil bo‘lishi kutilyapti
18:18 / 06.11.2024
Shaharni salqinlatish uchun qancha daraxt kerak? Olimlar javob berdi
14:08 / 05.11.2024
Sahroi Kabirni ko‘kalamzorlashtirish Yer iqlimiga qanday ta’sir qiladi?
20:09 / 02.11.2024