Bayden G7 davlatlari Rossiya aktivlaridan foydalanish bo‘yicha qaror qabul qilishini kutmoqda
AQSh prezidenti «katta yettilik» davlatlari Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan foydalanish bo‘yicha iyun oyida Italiyada bo‘lib o‘tadigan G7 sammitida qaror qabul qilishiga umid bildirmoqda, deb yozadi Bloomberg.
AQSh prezidenti Jo Bayden G7 mamlakatlari 2024 yil iyun oyida Italiyada bo‘lib o‘tadigan «katta yettilik» sammitida Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan foydalanish bo‘yicha qaror qabul qilishini kutmoqda. Bu haqda 1 mart, juma kuni Bloomberg o‘z manbalariga tayanib yozmoqda.
Nashr yozishicha, Oq uy rahbari Rossiya Markaziy bankining muzlatib qo‘yilgan aktivlaridan Ukraina budjetini moliyalashtirish va keyinchalik Ukrainani tiklash uchun foydalanishga umid qilmoqda. Shu bilan birga, Bayden muzlatilgan mablag‘lardan bu maqsadlarda foydalanish Ukrainaga qo‘shimcha yordam berishdan bosh tortishni anglatishi mumkinligiga ishonmayapti.
«Katta yettilik»da bu masalada kelishmovchiliklar mavjud
Bloomberg agentligi yozishicha, AQShdan tashqari Britaniya va Kanadaning G7’dagi vakillari Rossiya muzlatilgan mablag‘larini musodara qilish kerak, deb hisoblaydi. Biroq Fransiya va Germaniya musodaraga qarshi. Ular Rossiya Federatsiyasining javob choralari va Yevropa iqtisodiyoti moliyaviy barqarorligi, jumladan, yevro zaxira valutasi maqomiga salbiy ta’sirdan qo‘rqadi, deya qayd etadi nashr. Bu masala iyun oyidagi sammitda hal qilinadi.
Shu bilan birga, «katta yettilik»ning barcha mamlakatlari rasmiylari, agar Rossiya «Ukrainani tiklashda yordam qilishga va’da bermasa», muzlatib qo‘yilgan aktivlaridan foydalanish imkoni berilmasligiga rozi.
YeI kengashi RF muzlatilgan aktivlaridan olingan foydadan foydalanishga ruxsat berdi
12 fevral kuni Yevropa Ittifoqi kengashi Rossiya Markaziy bankining muzlatilgan aktivlaridan olingan foydadan Ukraina uchun foydalanishga huquqiy asos yaratuvchi rezolyutsiyani tasdiqladi. Hujjatda Yevropa Ittifoqi cheklov choralari tufayli muzlatilgan Rossiya Federatsiyasi Markaziy bankining aktivlari va zaxiralariga egalik qiluvchi qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariylari majburiyatlari aniqlashtirilgan.
Rossiya harbiylarining Ukrainaga hujumidan keyin Bryussel allaqachon Moskvaga qarshi 13 ta sanksiya paketini joriy qilgan. Yevrokomissiya ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqidagi cheklovlar doirasida Rossiya Federatsiyasi Markaziy bankining 210 milliard yevroga yaqin aktivlari, jumladan, naqd pul va davlat obligatsiyalari ko‘rinishida bloklangan.
2023 yil dekabr oyi oxirida Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov RFning muzlatilgan aktivlarini musodara etish «jiddiy oqibatlarga olib kelishi» bilan tahdid qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya bu holatda G‘arbning mamlakatda saqlanayotgan mavjud mablag‘larini musodara qilish orqali javob qaytaradi. Bloomberg agentligiga ko‘ra, Rossiya hukumati G7 davlatlari Markaziy bankning muzlatilgan aktivlarini musodara qilgan taqdirda sud jarayonlariga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Mavzuga oid
18:12 / 23.12.2024
Bayden o‘limga hukm etilgan 37 nafar mahbusning jazosini yengillashtirdi
23:11 / 21.12.2024
AQSh prezidenti hukumat ishini moliyalashtirishni uzaytiruvchi qonunni imzoladi
20:35 / 21.12.2024
Bayden Tayvanga 570 mln dollarlik harbiy yordam ko‘rsatishni buyurdi
19:29 / 20.12.2024