O‘zbekiston | 13:25 / 07.03.2024
5113
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Yaponiyaga tashrif buyurdi

O‘zbekiston TIV rahbarining Yaponiyaga tashrifi Liberal-demokratik partiya vitse-prezidenti, mamlakat bilan Do‘stlik ligasi raisi bilan uchrashuvdan boshlandi.

Foto: TIV

Kecha tashrif bilan Tokio shahriga borgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Liberal-demokratik partiya vitse-prezidenti, Yaponiya parlamentidagi O‘zbekiston bilan do‘stlik ligasi raisi Taro Aso bilan uchrashdi.

"O‘zbekistonning Yaponiyadagi yaqin do‘sti, Liberal-demokratik partiya vitse-prezidenti, Yaponiya parlamentidagi O‘zbekiston bilan do‘stlik ligasi raisi Taro Aso janoblari bilan uchrashganimizdan g‘oyat mamnunmiz", — deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida.

Qayd etilishicha, xalq diplomatiyasi mamlakatlarni yanada yaqinlashtirishda muhim rol o‘ynaydi. 

"Janob Aso va uning jamoasiga O‘zbekiston-Yaponiya aloqalarini rivojlantirishga ko‘rsatayotgan doimiy ko‘magi uchun minnatdorlik bildiramiz", deydi Baxtiyor Saidov.

Mavzuga oid