Iqtisodiyot | 15:34 / 11.03.2024
10637
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniya O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatlashga tayyor

O‘zbekistonlik diplomatlar va Britaniya biznes va savdo vazirligi boshqarmasi boshlig‘i Luis Kolvell o‘rtasidagi muzokaralar chog‘ida mamlakatimizning Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zoligi va eksport hajmini oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Foto: Kun.uz

"Dunyo" xabariga ko‘ra, suhbat davomida Britaniya tomoniga 26-29 fevral kunlari Abu-Dabi shahrida bo‘lib o‘tgan JSTga a’zo davlatlar vazirlarining 13-uchrashuvi doirasida uch davlat - Yaponiya, Isroil va Dominikan Respublikasi bilan bozorga kirish protokollari imzolanganligi, shuningdek, Tailand bilan muzokaralar yakunlanganligi haqida axborot berildi.

Britaniya tomoni O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish yo‘lidagi jadal qadamlarini olqishlab, bu yo‘nalishda har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va muzokaralar olib borishga tayyorligini bildirdi.

Muzokaralar yakunida O‘zbekiston eksportini oshirish maqsadida mamlakat tadbirkorlari va britaniyalik ekspertlar ishtirokida vebinar o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Mavzuga oid