Toshkentda kollektordagi suv oq rangda oqqani bo‘yicha tushuntirish berildi
Toshkent shahridan oqib o‘tuvchi Qoraqamish kollektoridagi suv oq rangda oqayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Ekologiya boshqarmasi holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi hamda Toshkent shahar prokuraturasi hamkorligida olib borilgan o‘rganish natijalari bo‘yicha mazkur qonunbuzilish holatini sodir etgan fuqaroning shaxsiga aniqlik kiritildi. U qurilish materiali hisoblangan (suyuq shpaklevka)ni qonunga xilof tarzda kollektorga o‘zboshimchalik bilan oqizgani aniqlandi.
Davlat inspektori tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 91-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, BHMning o‘n barobari (3 400 000 so‘m) miqdorida jarima belgilandi.
Ifloslantirilgan Qoraqamish kollektoridan ekologik laboratoriya uchun tahlil namunalar olingan, bugungi kunda mutaxassislar tomonidan tekshiruvlar o‘tkazilmoqda. Tekshiruv ishlarining yakuniy natijalari bo‘yicha tabiatga yetkazilgan zarar hisoblanib, qoplama to‘lovlari undiriladi.
Mavzuga oid
14:04 / 22.09.2024
Toshkentda katta tezlikda harakatlangan haydovchi 19 yoshli qizning hayotiga zomin bo‘ldi
07:30 / 21.09.2024
Toshkentda mashinasini sotishni aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
14:28 / 20.09.2024
Sergelida BYD urib yuborgan o‘quvchi qiz vafot etdi
12:20 / 20.09.2024