Senat raisi BMT Ayollar holati bo‘yicha komissiyasi sessiyasida qator tashabbuslarni ilgari surdi
BMTning Nyu-York shahridagi bosh qarorgohida BMT Ayollar holati bo‘yicha komissiyasining 68-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Uning ishida Senat raisi, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda.
BMT Ayollar tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda dunyo bo‘ylab ayollarning 10,3 foizi o‘ta qashshoqlikda yashaydi. 2030 yilga borib Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun kambag‘allikka barham berishdagi muvaffaqiyat 26 baravar tezroq bo‘lishi kerak.
Ushbu nufuzli tadbirga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida BMT Ayollar tashkiloti keyingi 5 yilda O‘zbekistonning gender tenglikka erishish, xotin-qizlarning huquqlari va imkoniyatlarini kengaytirish borasidagi ko‘plab ijobiy natijalarini e’tiborga olib, Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi bilan kelishgan holda Markaziy Osiyo va Ozarboyjon davlatlarining sessiya bo‘yicha maslahatlashuvlarini Toshkent shahrida o‘tkazgan edi.
Tadbir yakunlari bo‘yicha ayollar va qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni ijtimoiy himoya qilish borasida yagona pozitsiya ishlab chiqildi.
68-sessiyada Markaziy Osiyo mintaqasi va Ozarboyjon nomidan Oliy Majlis Senati raisi so‘zga chiqib, bugungi kunda mamlakatlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni faol rivojlantirayotgani, qo‘shma sarmoyaviy loyihalar amalga oshirilayotgani, gender tenglikni ta’minlash sohasida o‘zaro hamkorlik uchun qulay shart-sharoitlar yaratilganini ta’kidlab, hamkorlik bo‘yicha umumiy yondashuvlarni ma’lum qildi va qator tashabbuslarni ilgari surdi.
Xususan, kambag‘allikni qisqartirish va munosib mehnat sharoitlarini yaratish uchun BMTning “Ish o‘rinlarini yaratish va ijtimoiy himoya global akseleratori” doirasida global darajada ayollar va qizlarni himoya qilish bo‘yicha samarali choralar ko‘rish, o‘quv dasturlari va o‘qitish uslublariga, shuningdek, STEM-ta’limiga, ayniqsa, qishloq joylarda gender yondashuvini joriy etish taklif etildi.
Shuningdek, hududlarda BMTTD loyihalari doirasida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, ayniqsa qishloq ayollari uchun raqamli savodxonlik va IT ko‘nikmalarini oshirish dasturlarini amalga oshirishga ko‘maklashuvchi raqamli tafovutni bartaraf etish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani tartibga solish lozimligi aytib o‘tildi.
Mavzuga oid
12:30 / 06.11.2024
AQShda Trampning respublikachilari Senatda ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kiritdi
17:00 / 05.11.2024
O‘tgan yuz yilda sunami 260 mingdan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘ldi - BMT
14:10 / 05.11.2024
BMT: RF va KXDR o‘rtasidagi hamkorlik «xavfli eskalatsiya»ga olib keladi
13:50 / 05.11.2024