O‘zbekiston | 17:00 / 14.03.2024
6647
4 daqiqa o‘qiladi

Centris Towers biznes markazi taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi

Toshkentda Centris Towers A-klassdagi biznes markazining tantanali taqdimoti o‘tkazildi. Majmua sotuv ofisi rasman ochildi.

9 mart kuni Toshkentning qoq markazida qad rostlayotgan Centris Towers A-klassdagi biznes markazining tantanali taqdimoti va sotuv ofisining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Taqdimot jarayonida loyiha afzalliklari va tafsilotlari ko‘rsatildi. Loyiha rahbarlariga ko‘ra, Centris Towers'da asosiy e’tibor yashil terassalarga qaratiladi, ular nafaqat ekologik tozalikning ramzi, balki har bir qavatda yoqimli va qulay muhit yaratadi.

“Bu loyihamizning boshqalaridan farqli tarafi shundaki, uni ishlab chiqishda har bir nuqtasiga e’tibor qaratilgan. Arxitekturasida yashil hududlarning ko‘pligini alohida ta’kidlash kerak. Har bitta blokda 400-450 kv metrdan ortiq yashil hudud bor.

Loyiha arxitekturasi alohida diqqatga sazovor. Bu yerda kamida 4000 ishchi o‘rni yaratilishi mumkin. 107 ming kv metrdan iborat hududning 40 ming kv metri avtoturargoh uchun ajratilgan. Majmua 10 dan ortiq kafe-restoranlar, fitnes zallar, avtomobil yuvish shoxobchalari, biznes markazlar, tijorat do‘konlaridan tashkil topgan. Dunyoning taniqli brendlarini olib kirish bo‘yicha ayni paytda hamkorlik ishlarini olib boryapmiz.

“KOÇ Construction” bilan ishlayotganimizning asosiy sababi – bu kompaniyaning sifatli qurilish ishlari va ishni o‘z muddatida bajarishi bizga ma’qul bo‘ldi”, — deydi Centris Towers loyihasi vakili Maqsad Mansurov.

“KOÇ Construction” kompaniyasi bosh direktori o‘rinbosari Rejai Odabash bu hamkorlikdan mamnun ekanligini aytdi:

“O‘zbekistonda 6 yildan beri faoliyat ko‘rsatayotgan Sarıkoç Holding va “KOÇ Construction” tomonidan Toshkent markazida bu go‘zal loyihaning amalga oshirilayotganidan bag‘oyat mamnunmiz va bundan faxrlanamiz. Kompleksimiz 6 blokdan iborat bo‘lib, jami maydoni 115 ming metr kvadratdan iborat. Toshkentga yarashadigan biznes markazini bunyod etishdan va bu quvonchni Toshkent xalqi bilan baham ko‘rayotganimizdan g‘ururlanamiz. Kelajakda Toshkentning iqtisodiy hayotiga ijobiy ta’sir ko‘rsata oladigan loyihani amalga oshirdik, degan umiddamiz.

Mazkur binoni 2025 yilning oxirigacha qurib bitirishni rejalashtiryapmiz. Ochilish marosimi bilan bir vaqtda sotuvlarimiz ham boshlandi. O‘zbekiston ishbilarmonlarini bu yerga taklif qilamiz va kompleksdan ofis sotib olishlarini tavsiya etamiz”.

Sotuv ofisi rahbari Abdulloh Burakning fikricha, ushbu loyiha O‘zbekistonning qiymatini oshiradigan majmua bo‘ladi:

 “Avvalo tijorat va biznes olamining markazi bo‘ladigan Centris Towers loyihasida ishtirok etayotganimizdan mamnun ekanligimizni aytib o‘tmoqchiman.

Centris Towers xalqaro standartlarga mos ravishda ishlab chiqilgan A sinfidagi ofis loyihasi hisoblanadi. Loyihada turfa ehtiyojlarni qanoatlantirishga mo‘ljallangan lyuks tijoriy maydonlar, xalqaro standartlarga mos ofislar hamda ochiq va yopiq avtoturargohlar barpo etilishi ko‘zda tutilgan. Loyihani rivojlantirishda biz barqarorlikka alohida ahamiyat qaratdik.

O‘zbekistonning qiymatini oshiradigan va biznes markazlari olamining dinamikasini o‘zgartiradigan mazkur loyihada ishtirok etayotganimizdan faxrlanishimizni va mamnuniyatimizni takroran bayon qilmoqchiman”, — dedi u.

Koll-markaz: +998(55)-515-44-44

SaytFacebook |Instagram | Telegram 

Reklama huquqi asosida