O‘zbekiston eng baxtiyor mamlakatlar reytingida 47-o‘rinda qayd etildi
BMT baxtiyorlikning yangi reytingini e’lon qildi, unda 148 ta mamlakat tasniflangan.
BMT har yili eng baxtli davlatlar reytingini (.pdf) tuzadi. Baxtni qo‘l bilan ushlab bo‘lmaydi, lekin uni o‘lchash mumkin.
Mutaxassislar baxt darajasini aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot, o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi, mamlakatda korrupsiya mavjudligi va o‘z qoniqishini sub’yektiv baholash kabi ko‘rsatkichlar asosida aniqlaydi.
BMT eng baxtli mamlakat deb Finlandiyani tan oldi va bu ketma-ket yettinchi marta. Shuningdek, yuqori o‘ntalikda Daniya, Islandiya, Shvetsiya, Isroil, Niderlandiya, Norvegiya, Lyuksemburg, Shveytsariya va Avstraliya ham bor. Afg‘oniston eng baxtsiz davlat sifatida tan olingan.
O‘zbekiston 47-o‘rinda qayd etildi. Bu Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari - Qozog‘iston (49-o‘rin), Qirg‘iziston (75-o‘rin) va Tojikistondan (88-o‘rin) yuqori natija. Turkmaniston reytingdan joy olmagan.
Hisobotda, shuningdek, birinchi marta baxt darajasi yoshga qarab tahlil qilingan. Tadqiqotchilarning aniqlashicha, butun dunyoda odamlarning yoshi ulg‘aygan sari o‘rtacha baxt darajasi asta-sekin pasayib boradi.
Biroq, O‘zbekistonda buning teskarisi kuzatilgan: 30 yoshgacha bo‘lgan aholi reytingda 71-o‘rinda qayd etilgan bo‘lsa, 60 va undan yuqori yoshdagilar 22-o‘rinda. Ya’ni, keksalar yoshlarga qaraganda baxtliroq.
Mavzuga oid
17:00 / 05.11.2024
O‘tgan yuz yilda sunami 260 mingdan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘ldi - BMT
14:10 / 05.11.2024
BMT: RF va KXDR o‘rtasidagi hamkorlik «xavfli eskalatsiya»ga olib keladi
13:50 / 05.11.2024
Isroil BMTga UNRWA faoliyati taqiqlangani haqida rasman xabar berdi
14:50 / 01.11.2024