Sevastopol o‘qqa tutildi. Ukraina ikkita harbiy kemaga zarba berilganini ma’lum qilgan
Shahar gubernatori Mixail Razvojayev bu hujumni «so‘nggi vaqtlardagi eng keng ko‘lamlisi» deb atagan.
24 martga o‘tar kechasi Ukraina qurolli kuchlari anneksiya qilingan Sevastopolga yopirilma hujum qildi.
Shaharning Rossiya tomonidan tayinlangan gubernatori Mixail Razvojayev zarbani «so‘nggi vaqtlardagi eng keng ko‘lamlisi» deb atagan. Uning ma’lumotiga ko‘ra, raketa parchalari turar joy binosiga tushishi oqibatida 65 yoshli kishi halok bo‘lgan, yana to‘rt kishi jarohatlangan.
Shahar bo‘ylab qancha raketa uchirilgani ma’lum emas. Razvojayevning versiyasiga ko‘ra, havo hujumidan mudofaa kuchlari «10 dan ortiq raketani to‘xtatgan». Telegram-kanallarda 30 tagacha raketa uchirilgani haqida aytilgan.
Ukraina tomoniga ko‘ra «Yamal» va «Azov» yirik desant kemalari aniq nishonga olingan, shuningdek Rossiya Qora dengiz floti aloqa markaziga zarba berilgan.
Ukraina qurolli kuchlari Havo kuchlari qo‘mondoni Mikola Oleshchuk uchuvchilar va dengizchilarga «muvaffaqiyatli jangovar ish» uchun minnatdorchilik bildirib post qo‘ygan, shuningdek shunday yozgan: «Qrim — bizniki!».
RF mudofaa vazirligi kemalar shikastlangani yuzasidan izoh bermagan.
Mavzuga oid
18:22 / 20.09.2024
Rossiya Sumidagi keksalar pansionatiga zarba yo‘lladi - fotosuratlar
10:28 / 05.09.2024
«G‘azab va umidsizlikdan baqirgim kelyapti». Lvivlik erkakning rafiqasi va uch qizi halok bo‘ldi
11:54 / 04.09.2024
Lvivga raketa zarbasi: qurbonlar va yaralanganlar bor
16:58 / 03.09.2024