O‘zbekiston | 11:52 / 28.03.2024
4833
1 daqiqa o‘qiladi

3,3 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaligi aniqlandi 

Urganch tumanida 3,3 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaligi aniqlandi.

Foto: O‘zenergoinspeksiya

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan “O‘zenergoinspeksiya” boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda, Urganch tumanida faoliyat yurituvchi “M.” fermer xo‘jaligi rahbari A.E. fermer xo‘jaligi binosida 11 ta isitish qozonlarini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulab, jami 3,3 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid