RFning Dniproga bergan raketa zarbasi oqibatida 18 kishi jabrlandi
UQK Dniproga raketa otilgani, hujum natijasida 18 kishi jarohatlangani, ulardan 12 nafari kasalxonaga yotqizilgani haqida xabar berdi.
Rossiya armiyasi Dnipro shahriga raketa zarbasi berdi, deya xabar qildi Dnipropetrovsk viloyati ma’muriyati rahbari Sergey Lisak 2 aprel, seshanba kuni. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, zarba natijasida 18 kishi jabrlangan, ulardan 12 nafari, jumladan, besh nafar bola kasalxonaga yotqizilgan.
«Hozir shifokorlar ularning ahvolini o‘rtacha deb baholamoqda. Biroq ular hammasi yaxshi bo‘lishini aytmoqda», - dedi Lisak kasalxonadagi bolalarni ko‘rganidan keyin. Uning ta’kidlashicha, zarba paytida barcha bolalar yashiringan. «Bu bolalarning sog‘lig‘ini va, ehtimol, hayotini saqlab qoldi. O‘qituvchilarga mehnatlari uchun rahmat. Ularning muvofiqlashtirilgan harakatlari uchun», deb yozgan Lisak.
UQK Havo kuchlari kun davomida Dnipro yo‘nalishi bo‘yicha aviatsion raketa uchirilgani, shaharda mahalliy vaqt bilan soat 16:42 da portlash sodir bo‘lganini ma’lum qildi. IIVning xabar berishicha, hujum oqibatida bolalar bog‘chasi, kollej va korxona zarar ko‘rgan. Korxona hududida yong‘in sodir bo‘lib, tezda o‘chirildi. Shaharda qutqaruv ishlari kechqurun ham davom etdi, dedi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy.
Mavzuga oid
11:56
RFning Kriviy Rigdagi uyga zarbasi: 10 dan ortiq kishi jarohat oldi
11:00
RFda Ukrainaga qarshi urush qatnashchilari imtiyozli ipotekani ololmaydi
09:15
«Mediazona»: RFda urush boshlanganidan beri eng ko‘p o‘t qo‘yish holatlari kuzatilmoqda
08:08