O‘zbekiston | 22:06 / 08.04.2024
4149
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning oltita hududida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Jizzax, Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi mavjud. 

2024 yil 9-15 aprel kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo harorati o‘zgarishi sababli respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi paydo bo‘ladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi xabar berdi. 

Qor ko‘chish xavfi e’lon qilingan hududlar:

- Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;

- Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;

- Samarqand viloyati: Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;

- Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;

- Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron, tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);

- Namangan viloyati: Pop tumanida.

Mavzuga oid