O‘zbekiston | 13:02 / 10.04.2024
2498
2 daqiqa o‘qiladi

“Yashil makon” bahorgi mavsumida 127 million tup daraxt ekildi – Ekologiya vazirligi

“Yashil makon” bahorgi mavsumida butun respublikada 127 million tupdan ortiq daraxt ekilgan. Har bir viloyatga 8-10 million tup atrofida ko‘chat o‘tqazilgan.

Foto: Ekologiya vazirligi

2024 yilning 9 aprel holatiga ko‘ra, respublika bo‘ylab “Yashil makon” loyihasi doirasida 127 million tupdan ortiq daraxt ekilgan. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi ma’lumot berdi.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, respublikaning har bir viloyatida 8-10 million tup atrofida daraxt ekilganini ko‘rish mumkin:

Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 8 mln 469 ming tup;

Farg‘ona viloyatida – 10 mln 241 ming tup;

Namangan viloyatida – 10 mln 113 ming tup;

Qashqadaryo viloyatida – 10 mln 580 ming tup;

Buxoro viloyatida – 10 mln 40 ming tup;

Andijon viloyatida – 9 mln 862 ming tup;

Navoiy viloyatida – 8 mln 973 ming tup;

Surxondaryo viloyatida – 10 mln 247 ming tup;

Xorazm viloyatida – 9 mln 339 ming tup;

Samarqand viloyatida – 10 mln 244 ming tup;

Jizzax viloyatida – 9 mln 913 ming tup;

Toshkent viloyatida – 10 mln 159 ming tup;

Sirdaryo viloyatida – 8 mln tupdan ortiq

Toshkent shahrida – 569 ming tup daraxt ko‘chatlari o‘tqazilgan.

Ekovazirlikning ma’lumot berishicha, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 2024 yilning aprel oyigacha 1 ming 200 gektardan ortiq yashil bog‘ va jamoat parklari, 1 million gektardan ziyod yashil hudud va qoplamalar barpo etilgan. Bu yilgi bahor mavsumida 125 million tup ko‘chat ekilishi mo‘ljallangan edi.

Oldinroq prezident Shavkat Mirziyoyev “Yashil makon” loyihasi bo‘yicha o‘tkazgan videoselektorda respublika viloyatlarining qator tumanlarida, jumladan, Toshkent shahrining 12ta tumanida ko‘chat ekish rejasi 30 foizga ham bajarilmaganini tanqid qilgan edi

Mavzuga oid