Toshkentda haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan yigit «Nexia-3»da piyodani urib yubordi
Yunusobod tumanida odam o‘limi bilan yakun topgan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Joriy yilning 12 aprel kuni soat 12:30 larda Yunusobod tumani Yunusota ko‘chasi 14a-uy qarshisida yo‘l-transport hodisasi kuzatildi.
Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, 2005 yilda tug‘ilgan K.Sh. (haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan) “Nexia-3” rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, piyoda, 1975 yilda tug‘ilgan A.R.ni urib yuborgan.
YTH oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
Mavzuga oid
13:40 / 20.08.2024
Toshkentda qalbaki AQSh dollarini sotayotgan shaxslar qo‘lga olindi
16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi
15:50 / 27.07.2024
AQShda 38 yashar o‘zbekistonlik trakchi YTH tufayli vafot etdi
13:07 / 27.07.2024