O‘zbekiston | 08:05 / 26.04.2024
3330
1 daqiqa o‘qiladi
Elektrlashtirilgan temiryo‘llar uzunligi bo‘yicha qaysi hudud yetakchi ekani aytildi
2024 yil 1 yanvar holatiga umumfoydalaniladigan temiryo‘llar uzunligi 4,8 ming kmni tashkil etdi.
Statistika agentligi ma’lumotlarga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,4 foizga oshgan.
Umumfoydalaniladigan temiryo‘llar uzunligida elektrlashtirilgan temir yo‘llarning ulushi 40,1 foizni tashkil etdi.
Elektrlashtirilgan temiryo‘llarning umumiy uzunligi eng yuqori ulushga ega bo‘lgan hududlar:
- Toshkent viloyati – 19,4 foiz;
- Qashqadaryo viloyati – 16,5 foiz;
- Samarqand viloyati – 12,6 foiz;
- Namangan viloyati – 10,6 foiz;
- Surxondaryo viloyati – 10,0 foiz.
Mavzuga oid
10:18
Chiqindidan qarzdorlar “svet”ga to‘lov qilolmaydi. Mas’ullar yangi tizim tartibini tushuntirdi
10:10 / 01.11.2024
Ikki hududda elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi
12:10 / 31.10.2024
Nurafshonda yarim milliard so‘mdan ortiq elektrdan noqonuniy foydalangan sex aniqlandi
07:30 / 31.10.2024