CNH: qishloq xo‘jaligi texnikalari yetkazishda yetakchi kompaniya korxonalari haqida
CNH kompaniyasining O‘zbekistondagi “Uzkeymash” va “Uzkeyservis” qo‘shma korxonalari 1997 yildan buyon o‘z faoliyatini olib bormoqda.
Ushbu davr mobaynida korxonada 16 xil traktorlar, g‘alla o‘rish kombaynlari hamda 2 va 4 qator paxta terish mashinalari ishlab chiqarilgan.
Hozirgi paytda korxonada ishlab chiqarilayotgan 10 xil texnikalarning hammasi O‘zbekiston Respublikasining qishloq xo‘jaligi texnikalari standartlari talabiga to‘liq javob beradi. Kompaniyaning traktorlari mahalliylashtirish darajasi o‘rtacha 16% tashkil qiladi, g‘alla va paxta terish mashinalari esa 26% oshdi.
Buning natijasida 15-20% gacha bo‘lgan importdan olib kelayotgan butlovchi kismlar xarajati pasaytirildi hamda texnika tannarxini optimallashtirishga olib keldi.
Korxonada barcha operatsiyalar amalga oshiriladi, shulardan metalldan kerakli qismlarni va traktor kabinalarini ishlab chiqarish, payvandlash, buklash, tozalash, bo‘yash, texnologik jarayoni bo‘yicha motor va transmissiyalarni ulash, kabinalarni va qo‘shimcha qismlarni o‘rnatish, undan keyin esa test qilishdir. So‘ng ichki texnik nazoratdan o‘tkazilib texnikalarni O‘zbekiston standartlariga muvofiqligini tasdiqlash uchun sertifikatsiya va metrologiya tashkilotlari mutaxassislari tomonidan kerakli sinovlar va protseduralar o‘tkaziladi hamda texnika yetkazib berilishga tayyor hisoblanadi.
Korxona 2004 yildan beri “Uzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi. Ushbu “Uzagrolizing” AJning asosiy vazifasi – zamonaviy va resurstejamkor qishloq xo‘jaligi texnikalarini to‘g‘ridan to‘g‘ri fermer va klasterlarga 7 va 10 yilga beriladi.
“Qishloq xo‘jaligi texnikalarini xarid qilinishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash qo‘shimcha tadbirlari” to‘g‘risidagi prezident qarori imzolangach korxona o‘z ishlab chiqarish quvvatini 30% ko‘paytirib, 2024 yilda 350 yildan ortiq texnikalar ishlab chiqarishni rejalashtirgan.
Endi fermerlar uchun imkoniyatlar ko‘proq: texnika sotib olishda 20% to‘lovni amalga oshirgach 7 yoki 10 yilgacha bo‘lgan lizing asosida to‘lov imkoni mavjud.
Shuningdek, korxona 2023 yildan boshlab 2 qatorli paxta terish mashinasi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. 2024-2026 yillarda CNH kompaniyasi tomonidan “Uzagrolizing” AJga jami 50 mln AQSh dollariga teng sarmoya kiritish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Har bir texnikaga kamida 1 yillik kafolat beriladi va servis xizmati ko‘rsatiladi. Har bir viloyatda “Uzkeyservis” korxonasining jami 110 dan ortiq servis brigadalari, joylarda servis markazlarida kerakli ehtiyot qismlar yetkazib berish tizimi yaratilgan.
Murojaat uchun telefonlar:
Original ehtiyot qismlarni yetkazib berish bo‘limi: +99878 120 10 01
Manzil: Toshkent shahri, Ohangaron yo‘li 2
Mo‘ljal: Rohat aylanasi, 15 qavatli Artel binosi yonida
Telegram kanal: t.me/cnhuzb
Reklama huquqi asosida