Toshkent xalqaro universiteti - Bilim va imkoniyatlar birlashgan maskan!
Mamlakatimiz poytaxti Toshkent shahrining markazida joylashgan Toshkent xalqaro universiteti o‘z talabalariga zamonaviy va innovatsion texnologiyalarga asoslangan, xalqaro ta’lim standartlariga mos keluvchi o‘quv dasturlar orqali ta’lim berib, ularni nafaqat mamalakatimizning, balki dunyoning turli jabhalari talablariga javob beradigan raqobatdosh va malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
Universitet kunduzgi, masofaviy-sirtqi ta’lim shakllari hamda magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlaydi. Ta’lim berish jarayonlari HEMIS axborot tizimi asosida va kredit-modul tizimi orqali amalga oshirilib, universitet bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasida oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida e’tirof etiladigan, belgilangan namunadagi diplom beriladi.
Toshkent xalqaro universiteti dunyoning ko‘plab nufuzli universitetlari, shu jumladan AQSh, Yevropa, Turkiya, Janubiy Koreya universitetlari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, talabalarga ikki diplomga ega bo‘lish bo‘yicha, talabalar almashinuv va 1+3, 2+2, 3+1 dasturlarida ta’lim olish hamda xalqaro tajriba orttirish imkoniyatlarini yaratuvchi qator ishlarni amalga oshirmoqda. Shuni alohida ta’kidlash joizki, “Toshkent xalqaro universiteti” dunyoning kuchli 500 taligidan o‘rin olgan oliy ta’lim muassasalari bilan xalqaro hamkorlik memorandumlarini imzolagan.
Toshkent xalqaro universiteti rektori Dr. Jun Yong Vuk Massachusets texnologiyalar institutida (MIT) doktorlik unvonini olgan, hozirgi kunda Seul milliy universiteti professori hisoblanadi. U Janubiy Koreyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalarida rahbar lavozimlarida faoliyat olib borgan.
“Toshkent xalqaro universiteti” bilan birga quyidagi afzalliklarga ega bo‘ling:
100% gacha grant yutib oling! Kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plab o‘qishga qabul qilingan birinchi bosqich talabalariga, o‘quv yili yakunlari bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari va erishilgan ilmiy yutuqlarga asosan ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalariga hamda respublika va xalqaro fan olimpiadalarining 1-3-o‘rin g‘oliblariga to‘lov-kontrakt shartnomasidan 100 foizgacha chegirmalar berishni nazarda tutadi.
Ta’lim yo‘nalishingizni ikkinchi bosqichdan tanlang! 1-bosqichda talabalarga o‘qishga qabul qilingan ta’lim va bilim sohalari bo‘yicha umumiy bilim va ko‘nikmalar beriladi, ikkinchi bosqichdan boshlab esa ularga o‘zlari qiziqqan kasblari bo‘yicha fanlarni mustaqil tanlash va kasbiy mahoratlarni oshirishga qaratilgan bilimlar beriladi. Bunda ushbu jarayonlar biror bir ma’muriy to‘siqlarsiz, to‘lovlarsiz, ochiq va shaffof amalga oshiriladi. Ta’limning yuqori bosqichida talabalar yetakchi mahalliy va xorijiy kompaniyalarda malaka amaliyotlariga yuboriladi.
To‘rt yilda 2 ta mutaxassislikni qo‘lga kiriting! Universitetdagi mavjud o‘quv rejalari va o‘qish jarayonlari kredit-modul tizimi asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, talabalarga 2 ta mutaxassislik olish imkoniyatini yaratadi. Talaba asosiy ta’lim yo‘nalishida tahsil olishi bilan birga qo‘shimcha ravishda ikkinchi qiziqqan kasbning ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ham fan (modul)larni o‘qishi va muvaffaqiyatli o‘zlashtirishi natijasida ikkita kvalifikatsiyaga ega bo‘lishi mumkin. Bunda o‘quv jarayonlari bakalavriat ta’lim yo‘nalishi (4 yil)ga ajratilgan jami 240 akademik kredit hajmida amalga oshiriladi.
Nufuzli chet el universitetlarda o‘qishni davom ettirish imkoniyati! Bakalavriat ta’lim yo‘nalishida tahsil oladigan talabalar uchun nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o‘qishni davom ettirish, akademik mobillik dasturlari (talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi) hamda qo‘shma ta’lim dasturlari (1+3, 2+2, 3+1) asosida amalga oshirish imkoniyatlarini nazarda tutadi. Shuningdek, “Magistratura 1+1” qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha ham magistratura talabalariga Janubiy Koreya Respublikasi Sejong universitetining “Bigdata AI MBA”, “AI Finance MBA”, “Global Business MBA” kabi magistratura mutaxassisliklarida 50% grant asosida ta’lim olish va ikkita diplomga ega bo‘lish imkoniyatini yaratadi.
1,5 yilda magistr diplomini qo‘lga kiriting! Mavjud o‘quv rejalari va o‘qish jarayonlari magistratura talabalariga 1,5 yilda o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha magistr darajasini olish imkoniyatini yaratadi. Bunda talabalar tahsil olish bilan bir vaqtda yetakchi mahalliy va xorijiy kompaniyalarda o‘z malakaviy amaliyot va tadqiqot ishlarini olib boradi.
Toshkent xalqaro universiteti zamonaviy texnologiyalarga asoslangan ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini yanada rivojlantirish, davlat va nodavlat tashkilotlari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, yetakchi xalqaro ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlik o‘rnatish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 2 noyabrdagi 900-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan bo‘lib, oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan №146186-sonli litsenziya taqdim etilgan.
Ta’lim tashkilotiga ushbu qaror bilan belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Tashkent International University va School of Tashkent xalqaro umumta’lim maktabi hamda Tashkent kindergarten maktabgacha ta’lim tashkilotini ta’lim klasteri tizimini joriy qilgan holda tashkil etish belgilangan.
Universitetda quyidagi bakalavriat (kunduzgi va masofaviy ta’lim shakli) ta’lim yo‘nalishlari mavjud:
60110200 - Maktabgacha ta’lim
60110500 - Boshlang‘ich ta’lim
60310900 - Psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha)
60111800 - Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili
60230100 - Filologiya va tillarni o‘qitish (koreys tili)
60310100 - Iqtisodiyot (o‘zbek, rus, ingliz tili - tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
60412500 - Marketing (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
60411200 - Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
60410400 - Moliya va moliyaviy texnologiyalar
60411900 - Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar
60610200 - Axborot tizimlari va texnologiyalari
60612100 - Kiberxavfsizlik injiniringi (o‘zbek, rus, ingliz tili)
60610500 - Kompyuter injiniringi (AT-Servis, Axborot xavfsizligi, Mul’timedia)
60610600 - Dasturiy injiniring
Onlayn ro‘yxatdan o‘tish uchun: qabul.tiu.uz
Magistratura bo‘yicha quyidagi mutaxassisliklariga hujjatlar qabul qilinadi:
70310102 - Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
70410401 - Davlat moliyasi va xalqaro moliya
Onlayn ro‘yxatdan o‘tish uchun: magistr.tiu.uz
Ikkinchi oliy ta’lim bo‘yicha quyidagi ta’lim yo‘nalishlariga hujjatlar qabul qilinadi:
60310900 - Psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha)
60310100 - Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
60610500 - Kompyuter injiniringi (AT-Servis, Axborot xavfsizligi, Mul’timedia)
60612100 - Kiberxavfsizlik injiniringi
Onlayn ro‘yxatdan o‘tish uchun: ikkinchitalim.tiu.uz
Xorijiy, davlat va nodavlat OTMlaridan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha transfer.tiu.uz havolasi orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin.
Universitet faoliyati va qabul jarayonlari bilan bog‘liq qo‘shimcha savollaringizga quyidagi rasmiy sahifalarimiz orqali to‘liq ma’lumotlar olishingiz mumkin.
Rasmiy web-sayt: tiu.uz
Axborot-maslahat markazi (call-center 24/7): : +998 95 131 5555, +998 95 383 5555
Telegram: t.me/tiu_edu
Instagram: @tiuofficial
Manzil: Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Kichik xalqa yo‘li ko‘chasi, 7 uy.
Tanlovda adashmang! Toshkent xalqaro universiteti - bilim va imkoniyatlar birlashgan maskan!
Reklama huquqi asosida