Olimlar Misr piramidalari sirini topgan bo‘lishi mumkin
4 ming yil oldin qurilgan Misr piramidalarining qanday tarzda qurilgani hali ham sirligicha qolgan. Olimlar bu jumboqning javobini topgan bo‘lishi mumkin.
Misrda bundan 4 ming yil ilgari qurilgan 31 ta piramida, jumladan, dunyoga mashhur Giza majmuasi o‘zining sir-sinoatini saqlab qolgan.
Yaqinda tadqiqot o‘tkazgan Shimoliy Karolina Uilmington universiteti tadqiqotchilari piramidalar Nil daryosining qachonlardir mavjud bo‘lgan qadimiy tarmog‘i bo‘ylab qurilgan bo‘lishi mumkinligini aniqladi.
Ko‘plab yillar davomida arxeologlar misrliklar piramidalar uchun ishlatilgan ulkan toshlarni tashish uchun yaqin atrofdagi suv yo‘lidan foydalangan deb hisoblab kelgan. "Biroq shu paytgacha hech kim bu suv yo‘lining shakli, o‘lchami, hajmi va piramidalarga yaqinlik darajasi kabilarni aniqlay olishmagan", deydi tadqiqot mualliflaridan biri, professor Eman Goneym.
Tadqiqotchilar ko‘milgan daryo tarmog‘ini topish uchun sun’iy yo‘ldosh tasvirlari, tarixiy xaritalar, geofizik so‘rovnomalar va cho‘kindilarni aniqlash usullaridan foydalanishdi. Olimlar piramidalarni qurishga yordam bergan suv yo‘li minglab yillar oldin qum bo‘ronlari va yirik qurg‘oqchiliklarda yopilib qolgan deb ishonishadi.
Tadqiqot radar texnologiyalar yordamida qum yuzalarini tadqiq qilib, yashirin tasvirlarni aniqlashga muvaffaq bo‘ldi. Bu tasvirlar qadimgi piramidalar joylashgan vodiydan oqib o‘tuvchi ko‘milib ketgan irmoqlardan iborat.
Daryo irmog‘ining mavjudligini aniqlash piramidalar konstruksiyasini tushuntirishga yordam beradi. Suv yo‘li og‘ir bloklarni, uskunalarni, istalgan narsani tashishda xizmat qilgan.
Tadqiqotchilar jamoasi arab tilida "Piramidalar" degan ma’no anglatuvchi "Ahramat" deb nomlangan daryo tarmog‘ini topishdi. Uning uzunligi 64 km, eni 200-700 metr bo‘lib, u bundan 3,7-4,7 ming yil oldin qurilgan 31 ta piramida yonidan oqib o‘tgan.
Misrliklar piramidaning og‘ir yuklarini ko‘tarishda daryo energiyasidan inson mehnatiga qaraganda ko‘proq foydalangan bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
13:13 / 09.11.2024
Misr O‘zbekistonda charm mahsulotlari ishlab chiqarishga qiziqish bildirmoqda
13:38 / 08.11.2024
Misr Toshkent viloyatida ko‘chmas mulk sohasiga investitsiya kiritmoqchi
10:53 / 07.11.2024
Misr Samarqand viloyati tuman va shaharlarida suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilishi mumkin
12:32 / 06.11.2024