Samarqandda sodir bo‘lgan YTHda “Nexia-2” ikkiga bo‘linib ketdi
Hodisada hech kim vafot etmagan. Faqat yo‘lovchilar jarohatlangan.
Samarqand shahrida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida “Nexia-2” mashinasi ikkiga bo‘linib ketdi.
Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 2024 yil 18 may kuni soat 23:00 larda sodir bo‘lgan.
Samarqand shahar “Xo‘jadonyor” MFY hududidan o‘tuvchi I.Karimov ko‘chasida, 1991 yilda tug‘ilgan haydovchi “Nexia-2” mashinasida ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotgan.
So‘ng yo‘lning o‘ng tomon chetki qismida joylashgan temir ustunga o‘ng yon tomon orqa eshigi bilan urilgan. YTH oqibatida yo‘lovchilar jarohatlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
13:49 / 14.11.2024
Samarqandda o‘quvchi avtobus urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi
09:28 / 08.11.2024
Samarqandga 100 ta elektrobus olib kelinadi
10:53 / 07.11.2024
Misr Samarqand viloyati tuman va shaharlarida suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilishi mumkin
21:44 / 01.11.2024