O‘zbekiston | 11:00 / 23.05.2024
6395
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

VII «Yil brendi 2023» mukofotining g‘oliblari e’lon qilindi

18-19 may kunlari «Humo Arena»da 25 ta nominatsiyada iste’molchilar va ekspert hay’ati tanloviga ko‘ra «Yil brendi 2023» mukofoti taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

«MAKON sotuvchilar davri» biznes-forumi doirasida VII «Yil brendi 2023» mukofotining g‘oliblarini taqdirlash tantanali marosimi o‘tkazildi. Unda ochiq tarzda uyushmaning ekspertlari va hamkorlari ovoz berishi orqali g‘oliblar e’lon qilindi.

Har yilgi «Yil brendi» mukofoti – bu O‘zbekiston marketing uyushmasining sovrini bo‘lib, u 2024 yilda 7-marta o‘tkazilmoqda. Mukofot natijalari O‘zbekiston marketing uyushmasi talqiniga ko‘ra, har yilgi O‘zbekiston brendlar va agentliklar reytingida aks etadi.

“Yil brendi” mukofotining maqsadi – mahalliy bozorda muvaffaqiyatli ishlagan eng yaxshi marketing jamoalari va ekspertlarini aniqlash, qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, tadbirkorlik sohasini, O‘zbekiston marketing va reklama xizmatlari bozorining infratuzilmasini rivojlantirishdan iborat.

Bu yil ham iste’molchilarning ochiq ovoz berishi @makon_brand_bot telegram-botida o‘tkazildi. To‘rt hafta davom etgan ovoz berishda 350 ming nafar iste’molchi qatnashdi, ular 25 ta nominatsiyada 285 ta brendga ovoz berdilar.

«Yil brendi 2023» mukofotida 25 ta nominatsiyaning har biridagi g‘oliblardan tashqari marosimda «O‘zbekistonda marketing va reklama rivojlanishidagi xizmatlari uchun», «O‘zbekistonda marketing rivojiga qo‘shgan hissasi uchun», «Marketing sohasida davlat tilidagi faol ma’rifiy faoliyati uchun», «Yil kashfiyoti» kabi maxsus sovrinlar ham taqdim etildi.

Iste’molchilar va ekspert hay’ati tanloviga ko‘ra VII «Yil brendi 2023» mukofotining barcha g‘oliblari haqida ma’lumot bilan havola orqali tanishish mumkin.

 Reklama